На верх

TURKIYALIK HAMKORLAR TASHRIFI

Admin   04,07-2019 6189

Bugun "Adolat" huquqiy axborot markaziga Turkiya Respublikasida faoliyat yurituvchi “Mega Basim” kompaniyasi ta’sischisi M.Selim Kondu hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari N.Hamidullayevlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Markaz direktori A.Ochilov qabul qilib, ularga Markaz vazifa va funksiyalari, strukturasi, yo‘nalashlar va huquqiy axborotni tarqatish tizimi hamda Milliy baza, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish haqida gapirib berdi.

O‘z navbatida M.Selim Kondu ham “Mega Basim” kompaniyasi va uning noshirlik faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. YAkunda “Mega Basim” kompaniyasi Markaz bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashni va huquqiy adabiyotlarni shu kompaniyada nashr etishni taklif etdi. Bitimning asosiy maqsadi xodimlarni o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish, shuningdek, huquqiy adabiyotlarni nashr etish hamda noshirlik sohasida bo‘lib o‘tadigan konferensiya, seminar va boshqa tadbirlar haqida ma’lumot berib borishga qaratilganligi ma’lum qilindi.

 

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!