Yuqoriga

MUROJAATLARNI O‘RGANISH NATIJALARI

2018 yilda Markazga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 42 ta yozma murojaat qayd etilgan bo‘lib, ularning 38 tasi kadrlar (ishga qabul qilish haqida) va 4 tasi boshqa (muallif ish haqi, kitob nashr etish) masalalarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Mazkur murojaatlarning 40 tasi qanoatlantirilib, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Bundan tashqari, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga yuborilgan 1 265 ta rasmiy nashrdagi orfografik xatolarni bartaraf etish haqidagi elektron murojaatlarning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan.

Jismoniy va yuridik shaxslardan huquqiy axborotni elektron yoki qog‘oz ko‘rinishida taqdim etish haqida, normativ-huquqiy hujjatlarning elektron nusxasini davlat organlari va tashkilotlariga yuborish bilan bog‘liq, huquqiy hamda boshqa yo‘nalishdagi adabiyotlarni nashr etish, shuningdek, elektron pochta hamda shaxsiy qabul orqali murojaatlar qayd qilinmagan.