Yuqoriga

NASHRLARNI CHOP ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari A.N. Aripov tomonidan tasdiqlangan 2005 yil 4 apreldagi 8/1-155-sonli «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 2005 yilda me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish bo‘yicha ish rejasi»ning 13-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 52-sonli «O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi, 2002 yil 27 dekabrdagi 454-sonli «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlari ijrosini amalga oshirish, respublikada matbaa va noshirlik sohasida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, mualliflarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida buyuraman:
1. «Nashrlarni chop etish qoidalari» ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
                       bosh direktori                                                                                                         B. ALIMOV

    Toshkent sh.,
2006 yil 15 mart,
       29-son