Yuqoriga

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoniga muvofiq:

  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish;

davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini ushbu sohada tegishli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqqan holda kompleks va tanqidiy tahlil qilish;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va o‘tkazilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish.

  1. Quyidagilar:
  2. a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida:

Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi;

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi;

Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi;

Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi;

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi;

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi;

  1. b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi va “Adolat” nashriyoti negizida:

davlat unitar korxonasi shaklidagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda AKTRM deb yuritiladi);

davlat unitar korxonasi shaklidagi “Adolat” huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda “Adolat” markazi deb yuritiladi) tashkil qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki, AKTRM va “Adolat” markazi faoliyatini moliyalashtirish tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Adliya organlari va muassasalariga AKTRM va “Adolat” HAM bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 158 nafardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq;

tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda ulardagi norma va qoidalarning aholiga tushuntirilishi sxemasi 7-ilovaga* muvofiq;

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 7- va 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, adliya organlari va muassasalarining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

  1. 2018-yil 1-maydan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:

barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim;

normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi;

huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan so‘ng, shuningdek takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganida o‘tkaziladi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar agar qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan ularga tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.

  1. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotayotgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rniga yangilarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maslahat organi sifatida jamoatchilik asosida ishlaydigan, faoliyati fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratilgan Jamoatchilik kengashi tuzilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Jamoatchilik kengashi tarkibini hamda unga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Bosh prokuraturasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
  2. a) 9-ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga (keyingi o‘rinlarda yuridik kollejlar deb yuritiladi) quyidagi tartibni o‘rnatgan holda aylantirish:

yuridik kollejlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari lavozimi bo‘yicha yuridik kollejlari direktorlari hisoblanadi;

yuridik kollejlarni zarur o‘quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari ta’limga ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

yuridik kollejlariga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‘yicha tanlov asosida 10-ilovada keltirilgan mutaxassislik va kasblarga muvofiq amalga oshiriladi;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik kollejlari bitiruvchilari TDYUga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qishning tugashidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli;

qayta tashkil qilinayotgan yuridik kollejlar va akademik litseyning 3 kurs o‘quvchilarining o‘qishi ularni ta’limning o‘xshash yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning o‘quvchilar kontingentiga qo‘shish yo‘li bilan ushbu ta’lim muassasalarida tamomlanadi;

  1. b) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab TDYU magistraturasiga to‘lov-kontrakt asosida talabalarni qabul qilish kvotasini 150 odamgacha oshirish;
  2. v) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabulni test sinovlarsiz o‘qitish muddati davomiyligi bir yil bo‘lgan holda amalga oshirish;
  3. g) TDYUning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan o‘rnatiladigan har oylik ustamalar miqdorini ikki baravarga oshirish;
  1. d) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida TDYU huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tuzish, unda quyidagilarni:

(7-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari;

xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan xalqaro tijorat faoliyati, xalqaro arbitrajlar va sud nizolarini huquqiy ta’minlashni o‘z ichiga olgan qisqa muddatli o‘quv kurslari;

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

  1. Belgilansinki:

Markazda yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida olti oy muddatda, imtihon natijalari bo‘yicha belgilangan namunada diplom bergan holda amalga oshiriladi;

yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga Markazning faoliyatini tashkillashtirish, shuningdek yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlashga ruxsat etiladigan oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha takliflarni kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha 9-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, o‘quv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga operativ boshqarish huquqi bilan bepul topshirsin, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi esa ularni qabul qilib olsin;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yuridik kollejlarga aylanayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning bo‘shatilayotgan pedagog kadrlarining mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokanali” DUK tarkibida uning umumiy shtat soni doirasida efir vaqtini maqbullashtirish hisobidan “Nuquqiy axborot” telestudiyasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Nuquqiy axborot” telestudiyasini, eng avvalo, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning, shuningdek qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan sifatli efir materiallari bilan ta’minlab borsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagilar haqidagi takliflari ma’qullansin:

notariuslar tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan xamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizi miqdorigacha qismini notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlariga xar oylik shaxsiy ustama haqlari o‘rnatishga yo‘naltirish;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar miqdorini 12 foiz miqdorida belgilash.

Adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan notarial idoralarda qo‘shimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritish huquqi berilsin.

  1. Belgilansinki, 2018-yil 15-apreldan:

adliya organlari va muassasalari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va martaba darajalari uchun qo‘shimchalar miqdorlari prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi;

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra adliya organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi;

adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama to‘lansin.

Mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan va adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan barcha to‘lovlar saqlangan holda, tatbiq qilinadi.

(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar:

adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun — adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining joylashtirilishini ta’minlasin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

ikki haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;

bir oylik muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

ikki oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarorini kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 11-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 13-aprel,

PQ-3666-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
  2. Vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiluvchi va uni muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi), faoliyatining ayrim masalalari bo‘yicha esa bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.

Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi.

  1. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  2. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  3. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga egadirlar.
  4. Vazirlikning rasmiy nomi:
  5. a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, qisqartirilgan nomi — Adliya vazirligi;

  1. b) rus tilida:

to‘liq nomi — Ministerstvo yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo yustitsii yoki Minyust;

  1. v) ingliz tilida:

to‘liq nomi — Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Justice yoki Minjust.

  1. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy.

2-bob. Vazirlik tuzilmasi

  1. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari;

Davlat xizmatlari agentligi;

Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti;

  1. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;

“Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK;

“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK;

davlat notarial idoralari va arxivlari;

Yuristlar malakasini oshirish markazi;

Toshkent davlat yuridik universiteti;

yuridik kollejlari;

Akademik litsey;

“Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK;

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Axborot-tahlil multimedia markazi;

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadilar.

3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish;

davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini ushbu sohada tegishli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqqan holda kompleks va tanqidiy tahlil qilish;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va o‘tkazilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish.

  1. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish sohasida:

konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonunga rioya etish va hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;

huquqiy bazani isloh qilishning o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqadi;

huquqiy islohotlarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari huquq ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

qonunlarni tayyorlash va qabul qilish zaruriyati masalalarining oldindan kelishuvini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;

qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

qonunosti hujjatlariga rasmiy sharhlarning loyihalarini tayyorlaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy sharhlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi;

davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlaydi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek normativ-huquqiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan shaharsozlik normalari va qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va imzolangandan so‘ng ularning hisobini yuritadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi, unga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini va qonun hujjatlarini turkumlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini) shakllantiradi;

Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;

adliya organlari va muassasalari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

2) davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini ushbu sohada tegishli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqqan holda kompleks va tanqidiy tahlil qilish sohasida:

davlat boshqaruvining tegishli sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining bir birini takrorlovchi funksiyalarini chiqarib tashlash, davlat boshqaruvi tizimini ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifalar, funksiyalar va vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat boshqaruvi samaradorligini takomillashtirish va oshirish, jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi;

xo‘jalik boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga davlat funksiyalarini va alohida davlat vakolatlarini berish amaliyotini o‘rganadi, shu asosda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

davlat boshqaruvida ortiqcha sarflar darajasini pasaytirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish faoliyatining samaradorligini va tizimining ochiqligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lgan ma’muriy ta’sirni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash samaradorligini o‘rganadi, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ma’muriy islohotni amalga oshirish jarayonida yuridik ko‘makni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishning samaradorligini tahlil qiladi, tahlil natijalariga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat boshqaruvini takomillashtirish, ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining alohida funksiyalarini nodavlat sektorga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida takliflarni ishlab chiqadi va ularning takliflari bo‘yicha xulosalar beradi;

3) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish sohasida:

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga tushuntirishlar beradi va zarur ko‘makni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirilishi masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi tashkillashtirilishining monitoringi va tahlilini olib boradi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkillashtirish bo‘yicha ijro intizomiga rioya etilishini o‘rganadi, shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahlil hujjatlarni tayyorlaydi;

4) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va o‘rganadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash faoliyati samaradorligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi, natijasi bo‘yicha ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni huquqiy tartibga solish yuzasidan xalqaro va xorijiy tajriba, ilmiy, tadqiqot ishlari natijalarini o‘rgangan holda qiyosiy tahlil qiladi;

aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun huquqni qo‘llash amaliyotining umumlashtirish materiallarini davlat organlari va tashkilotlariga yo‘llaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llash amaliyotini, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi salbiy omillar, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi;

qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi va tegishli soha faoliyatida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi;

5) nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida:

nodavlat notijorat tashkilotlarini va ularning ramziy belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;

ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar faoliyati qonuniyligini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar ko‘radi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishini kelishadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni tugatish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va sudga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida taqsimlaydi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib borish, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet el fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish tartibini belgilaydi, shuningdek nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarning, akkreditatsiya kartochkasining shakllarini tasdiqlaydi;

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;

6) ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlari sohasidagi faoliyati tahlilini amalga oshiradi;

ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlari sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

vakolatli organlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillar sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini o‘rganadi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda nazoratni tashkil qiladi;

davlat xizmatlarini ko‘rsatilishining sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va davlat xizmatlari markazlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;

davlat organlari va tashkilotlarining ma’muriy tartib-taomillari va davlat xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy va yangi shakllari, mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha faoliyati samaradorligini nazorat qilish va baholashni amalga oshirishni tashkil qiladi;

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida axborot almashinuvi bo‘yicha faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiradi va ko‘maklashadi;

7) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash sohasida:

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazoratini amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy ishlar holatini o‘rganadi

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘radi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilishda ishtirok etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga oid ko‘rsatmalar beradi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi, attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining hisobini yuritadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalasini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning stajirovka o‘tashini tashkil etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining ish joyini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga qo‘yilgan minimal talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

8) huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi;

davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy targ‘ibot holatini tahlil qiladi, mazkur sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

huquqiy savodsizlikni yo‘q qilishga, jamiyatda inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga qaratilgan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;

eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilaydi va ular bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshiradi, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish bo‘yicha choralar ko‘radi;

huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanishni, shu jumladan veb-texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirishni ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish xamda ularning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi;

(10-bandning 8-kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda qabul qilingan hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tushuntirish bo‘yicha namunaviy hujjatlar yig‘indisini tayyorlaydi;

qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyatini tushuntirib beruvchi materiallarni tayyorlaydi, ularni aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali tarqatadi;

davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda jamiyatda huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishni tashkil etadi;

9) huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash:

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish imkoniyatini yaratish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;

huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarini zarur normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan foydalanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;

10) notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida:

notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi va yagona notarial amaliyotni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;

notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

notarius vakolatlarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi;

“Notarius” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining shakllantirilishini va yuritilishini hamda uni vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyalashni ta’minlaydi;

chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni bajaradi;

notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro‘yxatga olish reyestrlari shaklini, notarius stajyori faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi;

notariuslar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;

davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi, notarial idoralar reyestrini yuritadi;

notariuslar lavozimlari umumiy sonini tasdiqlaydi va muayyan hududdagi (notarial okrugidagi) notariuslar lavozimlari sonini belgilaydi;

notariuslar malakasini oshirish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va boshqa joyga o‘tkazish (rotatsiya) tartibini belgilaydi;

Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi;

notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat’iy hisobdagi gerbli (maxsus) blanklar bilan ta’minlaydi;

notarial idoralarga beriladigan gerbli blanklarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibini belgilaydi;

pullik xizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, ro‘yxatlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun to‘lovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;

advokatlik tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyati kafolatlarini ta’minlashda ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;

advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qo‘yishni amalga oshiradi;

tegishli adliya organida davlat ro‘yxatidan o‘tgan (hisobga qo‘yilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning Yig‘ma davlat reyestrini yuritadi;

advokatlar malakasini oshirishda ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;

advokatlik guvohnomasi shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;

advokat tomonidan ishni olib borishda order shaklini tasdiqlaydi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni o‘rganadi;

notarial harakatlar bo‘yicha statistikani yuritadi;

11) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida:

inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

fuqarolar o‘z huquqlari va erkinliklari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi;

inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida axborot yig‘ish va xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshiradi;

inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring natijalarini o‘rganadi;

fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi;

12) xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflarni kelishadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda ishtirok etadi;

xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;

O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etadi;

adliya organlari faoliyati sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni o‘rganadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishga doir takliflarni kiritadi;

xorijdan mablag‘ jalb qilish shartnomalari va O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar beradi;

xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni o‘rnatadi va rivojlantiradi;

13) xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va o‘tkazilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish sohasida:

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi;

xalqaro arbitraj va sud muhokamalari masalalari bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, shuningdek ushbu sohalarda Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan idoralararo hamkorlikni amalga oshiradi;

xalqaro shartnomalarga muvofiq xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;

xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolar ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi sud va arbitraj muhokamalari bilan bog‘liq tegishli materiallarni yig‘ishni hamda tizimli tahlilini tashkillashtirishni amalga oshiradi;

xalqaro arbitraj muhokamalari vujudga kelishini oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitrajlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining samarali himoyasini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitrajlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash maqsadida xorijiy va milliy advokatlik (yuridik) firmalari, maslahatchi va ekspertlarni jalb qiladi hamda faoliyatini muvofiqlashtiradi;

aniq bir arbitraj muhokamasi doirasida tashkil etiladigan ishchi guruhlarning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi;

xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitrajlar muhokamalari masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;

mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, eng avvalo inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bo‘yicha, shu jumladan ishonchsiz ma’lumotlarni inkor qilish maqsadida xolis axborotni xalqaro hamjamiyatga va jamoatchilikka yetkazishni ta’minlaydi;

vakolatli organlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va erkinliklari buzilishi, shu jumladan xalqaro tashkilotlardan kelib tushgan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qo‘llashga doir murojaatlarni ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BMT konvension organlarining yakuniy e’tirozlari va tavsiyalarining ijrosi bo‘yicha milliy harakat rejalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BMT konvension organlarining yakuniy e’tirozlari va tavsiyalarini ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha BMT konvension organlarining yakuniy e’tirozlari va tavsiyalarining ijrosi yuzasidan milliy harakat rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

tegishli davriy ma’ruzalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha BMT konvension organlarining yakuniy e’tirozlari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan milliy harakat rejalarining ijrosi asosida huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari uchun inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadi;

14) yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash sohasida:

huquqiy ta’limning holatini tahlil qiladi, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining talabalari va o‘quvchilari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;

xorijiy davlatlarda yurisprudensiya sohasida berilgan ta’lim va ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlarni e’tirof etish va nostrifikatsiya qilishda (ekvivalentligini belgilashda) ishtirok etadi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

yuristlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, adliya organlari va muassasalariga kadrlar tanlovini amalga oshiradi va ularni joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi;

huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko‘radi, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

15) sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengashni boshqaradi;

sud ekspertlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

sud ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqadi;

16) adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish sohasida:

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining zamonaviy yutuqlari asosida adliya organlari va muassasalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;

elektron hukumat loyihalarini adliya organlari va muassasalarida samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan adliya organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorligi shakllarini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;

adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan elektron hukumatni joriy qilish va rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

adliya organlari va muassasalari rasmiy saytlari, boshqa axborot resurslarini Internet tarmog‘ida rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;

adliya organlari va muassasalarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida tartibga soluvchi va texnik hujjatlarni ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri (keyingi o‘rinlarda — Vazir deb yuritiladi) har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga davlat organlari va tashkilotlarining huquq ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida axborot kiritadi.

Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

  1. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.

4-bob. Vazirlik va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi

1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

  1. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

1) o‘z vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan, shu jumladan boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko‘rib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;

3) davlat organlari va tashkilotlarida:

norma ijodkorligi faoliyati, huquqiy ishlar, yuridik xizmatlar faoliyati, normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish holatini;

huquqni qo‘llash amaliyoti, fuqarolar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etish holatini, shu jumladan joylarga chiqqan holda tekshirish;

4) nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishini tekshirish;

5) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan:

davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida;

qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida;

ishlab chiqish muddatini ko‘rsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi to‘g‘risida;

huquqni qo‘llash amaliyoti, fuqarolarning huquqlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini bajarish holatini tekshirish davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalarni kiritish;

6) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlariga, advokatlik tuzilmalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

7) qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish;

8) fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklari, yuridik xizmatlarni faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlaganda hamda adliya organlarining qonuniy talablari bajarilmaganda, aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

9) davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volarni kiritish;

10) normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida zarur statistik ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni, ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan bepul tarzda so‘rash va olish;

11) nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlardan axborot, hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek ularning rahbarlari va mas’ul shaxslaridan tushuntirishlarni talab qilish va olish;

12) tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish;

13) tekshirish va tahlil davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda xodimlarini chaqirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

14) davlatga tegishli Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning mol-mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy tuzilmadan boshqa tuzilmaga belgilangan tartibda o‘tkazish;

15) Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘z sohasida ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

16) budjetdan tashqari mablag‘larni hamda adliya organlari va muassasalarining depozit hisob raqamlarida joylashgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish. Bunda, mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromad adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari hisob raqamalariga ushbu daromadlar moddiy-texnik bazani, ijtimoiy rivojlantirishga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirgan holda o‘tkaziladi;

17) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

18) Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

19) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga zid bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish;

20) jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaatlarni ko‘rib chiqish;

21) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqishda davlat organlari va tashkilotlarining hay’at majlislarida ishtirok etish;

22) xorijiy davlatlarning sudlari va xalqaro arbitrajlarda O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar bo‘yicha da’vogar va javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;

23) advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;

24) advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish;

25) yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;

26) nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar, aksiyalar va shu kabilarda) ishtirok etish;

27) nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni o‘tkazilishini taqiqlash yuzasidan qaror qabul qilish;

28) siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

29) nodavlat notijorat tashkilotlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;

30) o‘z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar organlari va xalqaro tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalar o‘rnatish;

31) adliya organlari va muassasalari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli tuzilmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash;

32) davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshirishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish;

33) o‘z vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining huquqlari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar (ustavlar) bilan belgilanadi.
  2. Vazirlik:

o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.

2-§. Vazirlik markaziy apparatining javobgarligi

  1. Vazirlikning markaziy apparati:

Vazirlikning tarkibiy va hududiy tuzilmalari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining ishini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi sifati;

o‘z faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javobgardir.

3-§. Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar)lardagi hududiy tuzilmalarining javobgarligi

  1. Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy tuzilmalari:

Vazirlikning tegishli hududiy tuzilmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlikning tegishli hududiy tuzilmasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy tuzilmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida o‘z hududida tegishli sohani rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni tegishli hududda samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

  1. Quyidagilar Vazirlik birinchi rahbari — vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Vazirlik faoliyatini umumiy boshqarishni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishni tashkillashtirish;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

3) Vazirlik, uning tegishli tarkibiy va hududiy tuzilmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari hamda Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida va uning Prezidiumidagi masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiriqlarini bajarish;

6) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

7) Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

9) Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

10) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mutaxassisliklariga (yurisprudensiya, iqtisod, moliya, psixologiya, tashqi aloqalar, filologiya va h.k) talablar belgilash, samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;

12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularni “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

13) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasini tayyorlash faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

14) o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;

15) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

16) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy tuzilmalar, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

17) Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

18) Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

19) Vazirlik xodimlarining Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

20) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

22) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘riva ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

23) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Vazirlikning rahbarlari va xodimlarini ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

24) adliya organlari va muassasalari xodimlariga belgilangan tartibda martaba darajalarini berish hamda oliy martaba darajalari berish uchun ularni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa davlat organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish;

25) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi moliyaviy mutanosiblikni ta’minlash uchun adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘larini qayta taqsimlash;

26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

  1. Quyidagilar vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Vazirlik rahbari vaqtincha bo‘lmaganida Vazir buyrug‘i asosida uning vazifalarini bajarish;

2) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

3) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

7) Vazirlik hay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;

10) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

13) sohaga oid masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

15) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish;

16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;

17) davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ko‘rsatilish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘riva ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

  1. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

2) tegishli tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

3) Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

4) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

5) tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

7) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

8) tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazir o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

10) tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

12) tarkibiy tuzilmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;

13) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish;

14) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘riva ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;

16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

17) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

  1. Quyidagilar Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahridagi hududiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Vazirlikning tegishli tuzilmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

2) hududiy tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

3) hududiy tuzilma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy tuzilmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

4) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

5) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

6) tegishli tuzilmaning mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, hududiy tuzilma faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

7) hududiy tuzilma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy tuzilmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

8) hududiy tuzilmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy tuzilma kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) Vazirlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek hududiy tuzilmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

10) hududiy tuzilma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

11) hududiy tuzilma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

12) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy tuzilmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

13) hududiy tuzilma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

14) hududiy tuzilmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

15) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘riva ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;

16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

17) hududiy tuzilma xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;

18) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi

  1. Adliya vaziri:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

  1. Vazir o‘rinbosarlari:

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

  1. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

  1. Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahridagi hududiy tuzilmalari rahbarlari:

hududiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

Vazirlik hududiy tuzilmalarining ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish

1-§. Vazirlik rahbariyati

  1. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
  2. Vazir o‘zining maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.
  3. Vazirning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
  4. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa vazir buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiradi.
  5. Vazirlikning hududiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonun hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.
  6. Vazirlikning hududiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar to‘g‘risidagi nizom vazir tomonidan tasdiqlanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.

2-§. Yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish, shuningdek Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining uning hududiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi

  1. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek adliya organlari va muassasalari orqali bajaradi.
  2. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining uning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
  3. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Vazirlikning hududiy tuzilmalari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy tuzilmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy tuzilmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;

Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;

Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.

  1. Vazirlikning hududiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida xabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida xabar beradi;

o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida xabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

  1. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy tuzilmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar vazir o‘rinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati bo‘lmasa, so‘nggi qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.

3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

  1. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
  2. Vazirlikning hududiy tuzilmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy tuzilmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.

  1. Vazirlikning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
  • 4. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
  1. Vazirlikda rahbar, (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralarini ko‘rgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;

joylarda Vazirlik faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.

  1. Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
  2. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
  3. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
  4. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.
  5. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
  6. Vazirlikda kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.
  7. Vazirlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.

8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

  1. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
  2. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
  3. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

  1. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

  1. Vazirlik va uning hududiy tuzilmalarini moddiy-texnik ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlarning manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

53. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Vazirlikning yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga yuqori malakasi uchun vazir tomonidan adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.

(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)

Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq to‘lanadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan boshqa lavozimlarga tayinlangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasiga saylangan (tayinlangan) Vazirlikning xodimlarida Vazirlikda berilgan ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq va ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi.

10-bob. Vazirlikning hisobdorligi

  1. Vazirlik rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlariga va Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari rahbarlari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
  3. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

11-bob. Yakunlovchi qoida

  1. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Ilovalar Lex.uz saytida berilgan