Yuqoriga

"HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISH VA UNDAN FOYDALANISHNI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA"GI

«Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:

normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan e’tiboran bir kun mobaynida va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qog‘ozda va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;

normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur bo‘lgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha elektron shaklda yo‘llash orqali amalga oshiriladi.

  1. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Belgilansinki, Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi o‘rinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
  3. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar:

normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar e’tiboriga yetkazish uchun mas’ul shaxsni belgilasinlar;

o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;

normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlasinlar;

o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rsin;

qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy ta’sirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlab, zarurat bo‘lganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

zarurat bo‘lgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Ro‘yxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.

 O‘zbekiston Respublikasining

Bosh vaziri                                                     A. ARIPOV

Toshkent sh.,
2017 yil 22 dekabr,
1013-son

 

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 22 dekabrdagi 1013-son qaroriga

1-ILOVA

Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning

RO‘YXATI

1. Markaziy muassasalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
  3. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Sud́yalar oliy kengashi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
  8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi
  9. Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
  12. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
  14. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
  15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
  16. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
  17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
  18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
  19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
  20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

2. Vazirliklar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
  11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
  12. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi
  14. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
  16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
  18. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

3. Davlat qo‘mitalari

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobiĺ yo‘llari davlat qo‘mitasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
  5. O‘zbekiston Respublikasi YEr resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
  7. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
  12. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
  14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

4. Agentliklar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi
  3. «O‘zbekkino» Milliy agentligi
  4. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi
  5. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
  6. O‘zbekiston avtomobiĺ va daryo transporti agentligi

5. Qo‘mitalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

6. Markazlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Sud́yalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi

7. Inspeksiyalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YEr qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft́ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi

8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari

  1. «O‘zdonmaxsulot» aksiyadorlik kompaniyasi
  2. «O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi
  3. «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati
  4. «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati
  5. «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati
  6. «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati
  7. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati
  8. «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati
  9. «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati
  10. «O‘zsharobsanoat» aksiyadorlik jamiyati
  11. «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati
  12. «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati
  13. «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati
  14. «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi
  15. «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi
  16. «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi
  17. «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi
  18. «O‘zbekoziqovkatzaxira» uyushmasi
  19. «O‘zcharmsanoat» uyushmasi
  20. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi
  21. YOng‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
  2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10. Jamg‘armalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi
  5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

11. Nodavlat notijorat tashkilotlari

  1. O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi
  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati
  3. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
  5. O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
  6. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
  7. O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
  9. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi
  10. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
  11. O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi
  12. O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
  14. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
  15. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi
  16. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi
  17. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi
  18. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik Markazi

12. Boshqa tashkilotlar

  1. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi
  2. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
  4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

* Davlat sirlarini tashkil etuvchi va «Xizmatda foydalanish uchun» grifi ostidagi hujjatlar bundan mustasno