Yuqoriga

MAHSULOT YETKAZIB BERISH

 

1. Adolatmarkazi.uz mahsulotlarni O‘zbekiston pochtasining maxsus xabarnomalik banderol xizmati orqali yetkazib beradi.

2. Foydalanuvchi mahsulotlarga buyurtma berish chog‘ida to‘liq manzilni (indeks bilan) ko‘rsatishi shart.

3. Pochta xizmati hamda qadoqlash xarajatlari foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi va buyurtma qilish chog‘ida kitoblar ro‘yxati tagida avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

4. Pochta xizmati orqali yetkazib berish narxi har bir buyurtma mahsulot og‘irligi va qadoqlash xizmatini hisobga olgan holda belgilanadi. Pochta narxlari saytning maxsus bo‘limida e’lon qilinadi.

Bugungi kunda “Adolat” markazi buyurtmalarni yetkazib berishda O‘zbekiston pochtasining maxsus banderol xizmatidan foydalanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yetkazib berish pochta va qadoqlash xarajatlari quyidagicha:

 

100 grammgacha

3500

250 grammgacha

4500

500 grammgacha

7000

1000 grammgacha

11000

2000 grammgacha

15000

3000 grammgacha

18000

3000 grammdan boshlab yana boshqatdan
hisoblash boshlanadi va shu tartibda davom ettiriladi.

 

5. Buyurtmani qabul qilish chog‘ida foydalanuvchi mahsulot turi, sifati, miqdori va narxini tekshirishi shart. Foydalanuvchining mahsulotni qabul qilib olishi bilan adolatmarkazi.uz mahsulotni berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini kerakli darajada bajarganligini va buyurtmaning miqdor va sifatiga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘qligini tasdiqlagan hisoblanadi. 

6. Banderollar o‘z vaqtida, beshikast yetkazib berilishiga pochta ma’muriyati javobgar hisoblanadi.

7. Pochta orqali o‘z vaqtida yetib kelmagan mahsulot haqida foydalanuvchi tegishli so‘rovnoma bilan pochta bo‘limiga yoki saytning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (71 233-25-65) qo‘ng‘iroq qilib, bilib olishi mumkin.

8. Buyurtmaning kechiktirilishi, yetkazilmasligi, unga ziyon yetkazilishi bilan bog‘liq barcha e’tirozlar buyurtma yuborilganidan keyin 5 (besh) ish kun davomida sayt ma’muriyatiga taqdim qilinishi kerak.

9. Foydalanuvchining aybi bilan unga mahsulot yetkazib berishni imkoni bo‘lmaganida (masalan, vaqtida mahsulot pochta xizmatchisidan qabul qilib olinmasa), foydalanuvchining qayta talabi bilan yana ko‘rsatilgan manzilga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda barcha pochta xarajatlari foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi.

10. Internet do‘kondan xarid qilingan sifatli kitob mahsulotlari qaytarib olinmaydi va amalga oshirilgan to‘lovlar foydalanuvchiga qatarilmaydi.