Yuqoriga

Djumamuratov Akmal Allayarovich

Djumamuratov Akmal Allayarovich 1988 yil 16 oktyabrda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan.

Maʼlumoti– oliy, 2011 yili O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavriat hamda 2014 yili magistratura bosqichlarini tamomlagan, “2-darajali yurist”.

Mehnat faoliyatini 2011 yili “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatida muxbir, “Huquqiy himoya” gazetasida katta muxbir sifatida boshlagan. 2012–2015 yillarda “Hurriyat” mustaqil gazetasi muxbiri, 2015–2017 yillarda “Maʼrifat” gazetasi maxsus muxbiri, bo‘lim muharriri, 2017–2018 yillarda “Yosh kuch” jurnali tahririyati masʼul kotibi, bo‘lim muharriri, 2018 yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taʼlim ishlari bo‘yicha adabiy maslahatchisi hamda O‘quv-metodika va harbiy vatanparvarlik bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida mehnat faoliyatini 2018 yil 20 iyulda Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Boshqarmada yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2020 yil 17 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh mutaxassisi lavozimida ish boshlagan.

Markaz direktorining 2022-yil 11-fevraldagi 10 sht-son buyrug‘iga asosan Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoilyat yuritib kelmoqda.