Yuqoriga

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush

Admin   25,02-2019 1425

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush Nizomga muvofiq, oltin medaĺ maktablarning 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi bo‘lgan, 10 va 11-sinflarda yoki akademik liseylarning barcha kurslarida yakuniy, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medaĺ maktablarning 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi bo‘lgan, 10 va 11-sinflarda yoki akademik liseylarning barcha kurslarida yillik baholari a’lo bo‘lgan namunali bitiruvchilarga beriladi.

Namunali xulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar ro‘yxati o‘quv yilining yakunida Pedagogik kengashga kiritiladi.

Pedagogik kengash har yili 14 iyungacha bitiruvchilarni taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda 15 iyungacha taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Taqdirlangan bitiruvchilar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.