Yuqoriga

Ramazon hayiti munosabati bilan mehnat faxriylarimizni holidan xabar olindi

Admin   04,06-2019 730

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan markaz rahbariyati boshchiligida joriy yilning 4-iyun kuni Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Adliya tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan qadrli va muhtaram ustozlarimizni, mehnat faxriylarimizni yo‘qlab ularning holidan xabar olinib, yashash sharoitlari bilan tanishildi.

Ularning so‘z bilan ifoda etib bera olmaydigan, lekin ko‘zlarida porlayotgan minnatdorlik va samimiylik o‘tayotgan har bir on uchun shukrona aytib, shunday muqaddas kunlarda barchani mehr-oqibatli, birdam va oqibatli bo‘lishga undaydi. Mehr istovchilarni yo‘qlash, keksalar va yaqinlarimizni ko‘nglini shod etishga chorlaydi.