2025-yil, 7-son · 52–58-betlar
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Annotatsiya
Mazkur maqolada mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsiplarining huquqiy mazmuni, ularning mehnat munosabatlaridagi roli va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy sheriklik prinsiplarining huquqiy maqomi haqidagi turli yondashuvlar yoritilib, O‘zbekiston mehnat qonunchiligi, bu sohadagi xalqaro tajriba va yuridik fanlar doirasidagi olimlarning fikrlari asosida ilmiy tahlil o‘tkaziladi. Maqolada shuningdek, ijtimoiy sheriklik prinsiplarining mehnat nizolarini hal etish, jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar ishini tartibga solish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish jarayonlaridagi o‘rni va roli o‘rganiladi. Muallif ijtimoiy sheriklik prinsiplarining ahamiyatini oshirish bo‘yicha qonunchilikka takliflarni ilgari suradi.
Abstract
This article analyzes the legal substance of social partnership principles in the labor sphere, their role, and practical significance in labor relations. Various approaches to the legal status of social partnership principles are highlighted and a scientific analysis is conducted based on Uzbek labor legislation, international experience in this field and the views of scholars within the framework of legal sciences. The article also examines the place and role of social partnership principles in resolving labor disputes, conducting collective negotiations, organizing public oversight, regulating the work of commissions on social and labor issues and improving social and labor relations. The author puts forward proposals for legislation to enhance the importance of social partnership principles.
Iqtibos uchun
Jasur Abdug‘afforov. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari // Adolat. – 2025. – № 7. – С. 52–58.