2025-yil, 7-son · 45–51-betlar
Akademik erkinlik va uni konstitutsiyaviy kafolatlashning ahamiyati: qiyosiy- huquqiy tahlil
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan oliy ta’lim tashkilotlarining akademik erkinligi tushunchasi va uning ahamiyati, shuningdek uni konstitutsiyaviy darajada himoya qilish zarurati xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari misolida yoritilgan. Akademik erkinlikning tarixiy rivojlanish bosqichlari, unga oid xalqaro huquqiy hujjatlar hamda yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, akademik erkinlikning O‘zbekistondagi bugungi holati chuqur o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va sohaga oid konstitutsiyaviy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Abstract
This article explores the concept and significance of academic freedom as enshrined in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and highlights the necessity of its protection at the constitutional level by examining examples from the constitutions of foreign countries. It analyzes the historical development of academic freedom, relevant international legal instruments, and scholarly perspectives. The current state of academic freedom in Uzbekistan is critically assessed, and specific proposals and recommendations are put forward to address existing challenges and improve constitutional mechanisms in this area.
Iqtibos uchun
Umid Sobirov. Akademik erkinlik va uni konstitutsiyaviy kafolatlashning ahamiyati: qiyosiy- huquqiy tahlil // Adolat. – 2025. – № 7. – С. 45–51.