2025-yil, 7-son · 182–192-betlar
Raqamli muhitda emojilar mualliflik huquqining obyekti sifatida
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya vositalarida keng qo‘llanilayotgan emojilarning mualliflik huquqi obyekti sifatidagi maqomi huquqiy jihatdan tahlil etiladi. Emojilar dastlab ifoda vositasi sifatida yaratilgan bo‘lsa-da, ularning estetik, grafik va badiiy qiymatga ega bo‘lgan ayrim shakllari zamonaviy mualliflik huquqi doirasida alohida e’tiborni talab qilmoqda. Maqolada emojilar dizaynining yaratilishi, tarqalishi va foydalanilishidagi huquqiy ziddiyatlar, shuningdek ularni mualliflik huquqi obyektiga aylantiruvchi belgilovchi mezonlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada xalqaro amaliyotda emoji dizaynlari mualliflik huquqlari bilan qanday tartibda himoya qilinayotgani tahlil qilinib, O‘zbekiston Respublikasi mualliflik huquqiga oid qonunchiligi doirasida ushbu obyektlarni himoya qilish zarurati asoslab berilgan. Maqolada emoji dizayni ustidan mualliflik huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash va ulardan noqonuniy foydalanish hollatlari bo‘yicha dolzarb muammolar ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Abstract
This article provides a legal analysis of the status of emojis, which are widely used in software collaboration, as objects of copyright. Although emojis are considered as objects of use, the document requires due attention to some modern copyrights that have aesthetic, graphic and figurative value. The article discusses the legal conflicts in the creation, restoration and restoration of emoji designs, the determining criteria for their transformation into objects of copyright. The need to protect these objects within the framework of the copyright legislation of the Republic of Uzbekistan is justified. The article considers the problems of production in cases of registration, licensing and permission to use copyright on the project in question, and proposes proposals and recommendations for their solution.
Iqtibos uchun
Asliddin Lapasov. Raqamli muhitda emojilar mualliflik huquqining obyekti sifatida // Adolat. – 2025. – № 7. – С. 182–192.