2025-yil, 10-son · 1–6-betlar
Mahmudxo‘ja Behbudiyning siyosiy-huquqiy qarashlariga doir ayrim mulohazalar
Annotatsiya
Maqolada XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining siyosiy-huquqiy qarashlari, xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan tayyorlangan “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi” tahlil etiladi. Ushbu loyiha Rossiya Davlat Dumasi Musulmon fraksiyasiga taqdim etilgan bo‘lib, unda Turkiston aholisining huquqiy maqomini yaxshilash, idorai ruhoniya va doxiliyani tashkil etish, mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari ilgari surilgan. Maqolada loyiha bo‘limlari va ularning mazmun-mohiyati tarixiy manbalar asosida yoritiladi.
Abstract
This article analyzes the political and legal views of Turkestan Jadids in the early 20th century, focusing on the “Cultural Autonomy of Turkestan” project prepared by Mahmudkhoja Behbudiy and submitted to the Muslim faction of the Russian State Duma. The project addressed key issues such as improving the legal status of the local population, establishing a Spiritual and Internal Affairs Administration, and reforming local governance. The article presents the structure and content of the project based on historical sources.
Iqtibos uchun
Rustam Sharipov. Mahmudxo‘ja Behbudiyning siyosiy-huquqiy qarashlariga doir ayrim mulohazalar // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 1–6.