2025-yil, 10-son · 49–53-betlar
Zamonaviy xalqaro munosabatlarda axborot xavfsizligi tushunchasi va mohiyati
Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron hukumatni rivojlantirish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi, uning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Axborot resurslaridan samarali foydalanish, axborot oqimini boshqarish va shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy olimlarning axborot xavfsizligi, axborot infratuzilmasi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi fikrlari solishtirilib, bu yo‘nalishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada axborot xavfsizligining asosiy komponentlari – yaxlitlik, maxfiylik va mavjudlik mezonlari, shuningdek tashqi va ichki tahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlar muhimligi ta’kidlanadi.
Abstract
This article examines the relevance of ensuring information security in the process of developing e-government and digitalizing the activities of public institutions. Theoretical and practical aspects of information protection, management of information flows, and safeguarding personal data are analyzed. The paper compares the views of foreign and local scholars regarding information security and the fight against cybercrime. It emphasizes the key components of information security – integrity, confidentiality, and availability – and highlights the importance of a comprehensive approach to counter both internal and external threats.
Iqtibos uchun
Ruxsora Elmuratova. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda axborot xavfsizligi tushunchasi va mohiyati // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 49–53.