2025-yil, 10-son · 69–78-betlar
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish
Annotatsiya
Mazkur maqolada ichki ishlar organlarining xotin-qizlarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati, huquqiy asoslari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Xususan, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar faoliyati, himoya orderi amaliyoti, idoralararo hamkorlik, psixologik tayyorgarlik va gender stereotiplari masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan samarali yechimlar taklif etilgan.
Abstract
This article discusses the activities of law enforcement agencies aimed at preventing pressure and violence against women, highlighting the legal framework, existing problems, and ways to overcome them. In particular, the work of preventive inspectors and gender-focused officers, the practice of protection orders, interagency cooperation, psychological training, and the challenges of gender stereotypes are analyzed. The article also proposes effective solutions based on international experience.
Iqtibos uchun
Yulduz Maxtumova. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 69–78.