Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 10-son · 79–89-betlar

MDH va YI tashkilotlari doirasida yuridik shaxsning davlat mansubligini aniqlash muammolari

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada yuridik shaxsning shaxsiy qonuni hamda qaysi davlatga mansubligini aniqlashning nazariy va amaliy masalalari MDH hamda Yevropa ittifoqining xalqaro shartnomalari, milliy qonunchiligi misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda MDH doirasida yuridik shaxsning shaxsiy qonunini belgilashda inkorporatsiya mezonining ustuvorligi alohida qayd etilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi ham ushbu mezonni qo‘llashi ko‘rsatilgan. Yevropa ittifoqi qonunchiligida esa domitsil tushunchasi va uni aniqlash mezonlari (ustav manzili, ma’muriy markaz, asosiy xo‘jalik faoliyati joyi) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda ko‘proq o‘troqlik mezoniga ustuvorlik berilishi ta’kidlangan. Shuningdek, MDHda qonunchilikni unifikatsiya qilishdagi muammolar va model qonunlarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishidagi kamchiliklar tahlil etiladi.

Abstract

This article analyzes the theoretical and practical issues of determining the personal law of a legal entity and its nationality using examples from international treaties and national legislation of CIS countries and the European Union. The study particularly notes the prevalence of the incorporation criterion in determining the personal law of legal entities within the CIS, including showing that the legislation of the Republic of Uzbekistan also applies this criterion. In the legislation of the European Union, the concept of domicile and its criteria (statutory seat, administrative center, place of principal business activity) are examined, emphasizing that the seat criterion is generally preferred there. Additionally, the article analyzes the problems of unification of legislation within the CIS and the shortcomings of implementing model laws into national legislation.

Iqtibos uchun

Abdurauf Abduqodirov. MDH va YI tashkilotlari doirasida yuridik shaxsning davlat mansubligini aniqlash muammolari // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 79–89.