Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 10-son · 112–119-betlar

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning yangi asoslari

PDF

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida ixtiro va sanoat mulki obyektlarini jinoyat-huquqiy himoya qilishning yangi bosqichi tahlil qilingan. So‘nggi yillarda milliy qonunchilikda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishga oid muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi norma orqali ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxema topologiyasi va seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Ushbu yangilik huquq egalarining manfaatlarini samarali himoya qilish, kontrafakt mahsulotlar oqimini kamaytirish hamda xalqaro standartlarga, xususan TRIPS kelishuvi talablariga moslashish imkonini bermoqda. Maqolada yangi normalarning mazmuni, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolar va dolzarb masalalar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, patent ekspertizasi jarayonidagi qiyinchiliklar, zarar miqdorini aniqlash muammolari, huquqni qo‘llash organlari faoliyatida institutsional to‘siqlar hamda huquqiy savodxonlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya va Qozog‘iston tajribasi o‘rganilib, milliy yondashuvning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berilgan.

Abstract

The article analyzes a new stage of criminal justice protection of the objects of invention and industrial property in the Republic of Uzbekistan. In recent years, there have been significant reforms in national legislation regarding the legal protection of intellectual property facilities. In particular, through the new norm introduced in the Criminal Code, criminal liability was established for violation of the rights to the achievements of invention, utility model, industrial sample, integral microcircuit topology and selection. This innovation makes it possible to effectively protect the interests of rights holders, reduce the flow of contractual products and adapt to international standards, in particular the requirements of the TRIPS Agreement. The article will scientifically analyze the content of new norms, problems encountered in law enforcement practice and current issues. In particular, the issues of difficulties in the process of patent examination, problems of determining the amount of damage, institutional barriers to law enforcement activities and legal literacy are covered. Also, the experience of Germany, France, the United States, Russia and Kazakhstan was studied, showing the peculiarities of the national approach.

Iqtibos uchun

Shoxrux Abduraximov. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning yangi asoslari // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 112–119.