Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 10-son · 120–127-betlar

Meros shartnomasida subyektlarning huquq va majburiyatlari: qiyosiy-huquqiy tahlil va O‘zbekiston uchun tatbiq etish istiqbollari

PDF

Annotatsiya

Meros — bu nafaqat mol-mulk, balki iroda, ishonch va mas’uliyat hamdir. Maqolada aynan shu jihatdan kelib chiqib, meros shartnomasi institutining huquqiy mohiyati va uning subyektlari bo‘lgan shaxslar — meros qoldiruvchi va merosxo‘rning o‘zaro huquqlari va majburiyatlari tahlil etiladi. Meros shartnomasi bir tomonlama vasiyatdan farqli o‘laroq, o‘zaro ishonch va shartnomaviy mas’uliyatga asoslangan bo‘lib, ijtimoiy barqarorlik va huquqiy aniqlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada xorijiy davlatlarning huquqiy tizimlaridagi ilg‘or amaliyotlarga suyangan holda, O‘zbekiston huquq tizimida meros shartnomasi institutini joriy etishning huquqiy va amaliy asoslari yoritiladi. Shuningdek, meros munosabatlarini modernizatsiya qilish orqali fuqarolarning mulkiy huquqlarini samarali himoya qilish va vorislik sohasidagi nizolarning oldini olish kabi istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatiladi.

Abstract

Inheritance is not only property, but also will, trust, and responsibility. This article examines the legal nature of the inheritance contract from this perspective and analyzes the mutual rights and obligations of its parties — the testator and the heir. Unlike a unilateral will, the inheritance contract is based on mutual trust and contractual responsibility, serving as an essential tool for ensuring social stability and legal certainty. Drawing on the advanced practices of legal systems foreign countries, the article outlines the legal and practical foundations for introducing the inheritance contract into Uzbekistan's legal system. It also highlights promising directions for modernizing inheritance relations, effectively protecting citizens’ property rights, and preventing inheritance disputes.

Iqtibos uchun

Shaxrizoda Abdiyeva. Meros shartnomasida subyektlarning huquq va majburiyatlari: qiyosiy-huquqiy tahlil va O‘zbekiston uchun tatbiq etish istiqbollari // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 120–127.