Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 10-son · 151–155-betlar

Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida intellektual mulkni tijoratlashtirish va muhofaza qilishning O‘zbekistondagi istiqbollari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada intellektual mulkning zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati, uning raqamli iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi hamda milliy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. XXI asrda raqamli transformatsiya, internet platformalarining kengayishi va innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan talabning ortishi va uning iqtisodiy o‘sishdagi roli yoritilgan. AQSh, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi misolida intellektual mulkni tijoratlashtirish, texnologiyalar transferi va innovatsion infratuzilmalarni shakllantirishning samarali yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda intellektual mulkni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy asoslar va amaldagi muammolar tahlil etilgan. Muallif fikriga ko‘ra, mamlakatda intellektual mulk huquqini samarali himoya qilish uchun huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda sohada ixtisoslashgan sud tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Abstract

This article analyzes the role and significance of intellectual property in the modern global economy and its close interconnection with the digital economy, as well as its impact on national economic development. In the 21st century, digital transformation, the expansion of internet platforms, and the rapid growth of innovative technologies have significantly increased the demand for intellectual property objects and strengthened their influence on economic growth. The study highlights the experience of developed countries such as the United States and Japan in commercializing intellectual property, promoting technology transfer, and developing innovative infrastructures. Furthermore, the article examines the ongoing reforms, legal foundations, and practical issues related to the protection and development of intellectual property in Uzbekistan. According to the author, ensuring effective protection of intellectual property rights in the country requires improving law enforcement practices, enhancing citizens’ legal awareness, and establishing a specialized judicial system in this field.

Iqtibos uchun

Farhod Holiqnazarov. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida intellektual mulkni tijoratlashtirish va muhofaza qilishning O‘zbekistondagi istiqbollari // Adolat. – 2025. – № 10. – С. 151–155.