Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 11-son · 14–21-betlar

Sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik muammolari: nazariy va amaliy jihatlar

PDF

Annotatsiya

Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan jinoiy-huquqiy muammolar tahlil qilinadi. SIning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati bilan bog‘liq yuridik javobgarlik, qilmishning subyekti va kvalifikatsiyasi masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning normativ hujjatlaridagi (PQ-358, 2024-yil) ta’riflar tahlil qilinib, muallifning SI tushunchasiga doir jinoyat-huquqiy taklifi ilgari suriladi. SI ishtirokidagi qilmishlar uchun javobgarlikni SI ishlab chiquvchisi, ishlab chiqaruvchisi/o‘tkazuvchisi va foydalanuvchisi o‘rtasida taqsimlash qoidalari asoslantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga SIdan foydalanib jinoyat sodir etishni jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida kiritish va g‘arazli maqsadlarda SI texnologiyalarini ishlab chiqish uchun javobgarlik belgilovchi yangi 278¹⁰-moddani kiritish taklif etilgan.

Abstract

The article analyzes the criminal-legal issues arising from the development of Artificial Intelligence (AI) technologies. It addresses legal responsibility, the subject of the offense, and the qualification of crimes related to AI's autonomous decision-making ability. Definitions of AI in Uzbek legislation (PQ-358, 2024) are analyzed, and the author's own criminal-legal definition of AI is proposed. Rules for distributing responsibility for acts involving AI among the developer, manufacturer/distributor, and user are substantiated. In conclusion, amendments to the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan are proposed: including the use of AI in crime as an aggravating circumstance and introducing a new Article 278¹⁰ for developing AI technologies for mercenary purposes.

Iqtibos uchun

Abror Otajonov. Sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik muammolari: nazariy va amaliy jihatlar // Adolat. – 2025. – № 11. – С. 14–21.