Adolat
ISSN 3093-8546

2025-yil, 11-son · 82–86-betlar

Sunʼiy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida huquqiy tizimda yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlar va murakkab muammolar keng qamrovli tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida 2024–2025-yillarda sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy islohotlar, davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qilish organlarida AI texnologiyalarining joriy etilishi, ma’lumotlar infratuzilmasi va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilangan strategik vazifalar o‘rganiladi. Shuningdek, Xitoy, AQSh va Yevropa Ittifoqi kabi davlatlarning SI sohasidagi tartibga solish modellari qiyosiy tahlil qilinib, riskka asoslangan yondashuvning afzalliklari va cheklovlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada algoritmik xolislik, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, javobgarlikning uch tomonlama bo‘linishi, xavfli SI tizimlari ustidan inson nazorati kabi zamonaviy huquqiy dilemmalar tahlil qilinadi. Muallif innovatsiyalar va inson huquqlarini muvozanatlashtiruvchi barqaror huquqiy arxitektura zarurligini asoslaydi.

Abstract

This article provides a comprehensive analysis of the legal opportunities and challenges shaped by the rapid development of artificial intelligence technologies. It examines the legislative reforms implemented in Uzbekistan during 2024–2025, including the integration of AI into public administration, law enforcement activities, data infrastructure development, and capacity-building initiatives. The study also reviews international regulatory models—particularly those of China, the United States, and the European Union—highlighting differences in risk-based approaches and governance philosophies. Key issues such as algorithmic bias, data protection, distributed liability, transparency requirements, and the necessity of maintaining human oversight over high-risk AI systems are critically assessed. The article concludes that a sustainable legal framework must balance technological innovation with the protection of human rights and fundamental freedoms.

Iqtibos uchun

Medetbayeva Aqsungul Sharapatdinovna. Sunʼiy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar // Adolat. – 2025. – № 11. – С. 82–86.