2025-yil, 11-son · 87–91-betlar
Sun’iy intellektning yuridik sohadagi roli va ahamiyati
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellektning yuridik sohada tutgan o‘rni, uning imkoniyatlari va yuzaga keltiradigan huquqiy hamda etik muammolar tahlil qilingan. Sud amaliyoti, shartnomalar bilan ishlash, hujjatlarni tahlil qilish kabi jarayonlarda AI texnologiyalarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, javobgarlik masalasi, ma’lumotlar xavfsizligi, shaffoflik va algoritmik tarafkashlik kabi muhim jihatlar yoritilgan. AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Milliy qonunchilikni takomillashtirish va etik standartlar joriy etish sun’iy intellektning xavfsiz va barqaror rivojlanishiga asos bo‘lishi qayd etilgan.
Abstract
This article examines the role of artificial intelligence in the legal field, its capabilities, and the legal and ethical challenges it generates. The study highlights the potential of AI technologies to improve efficiency in judicial practice, contract management, and document analysis. Key issues such as responsibility, data security, transparency, and algorithmic bias are thoroughly discussed. Based on the experiences of the United States, Japan, the European Union, and other countries, relevant recommendations for Uzbekistan are proposed. The article emphasizes that improving national legislation and establishing ethical standards are essential for the safe and sustainable development of artificial intelligence.
Iqtibos uchun
Xudoyberdiyeva Zinat Xayrullo qizi, O‘mirzaqov Dilshod Olimjonovich. Sun’iy intellektning yuridik sohadagi roli va ahamiyati // Adolat. – 2025. – № 11. – С. 87–91.