2025-yil, 11-son · 22–24-betlar
Sun’iy intellektning mehnat-huquqiy munosabatlarga ta’siri
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat munosabatlariga ta’siri, xususan ish o‘rinlarining qisqarishi, bandlik tarkibining o‘zgarishi va ishga qabul qilish jarayonlarida algoritmik qarorlarning roliga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqaro me’yorlar va amaliyotlar asosida yirik kompaniyalarda sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan diskriminatsiya holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, muallif sun’iy intellekt asosidagi yollash tizimlarida shaffoflik, bias-audit, algoritmik javobgarlik va inson omilining saqlanishi mehnat huquqi uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerakligi haqida xulosa qiladi.
Abstract
The article focuses on the impact of artificial intelligence technologies on labor relations - job reduction, changes in employment structure, and the role of algorithmic solutions in hiring processes. Based on international norms and practices, discrimination cases arising from the use of AI by large companies are analyzed. The author concludes that in artificial intelligence-based recruitment systems, transparency, objective audit, algorithmic responsibility, and the preservation of the human factor should be the priority areas of labor law.
Iqtibos uchun
Raximov Miryoqub Aktamovich. Sun’iy intellektning mehnat-huquqiy munosabatlarga ta’siri // Adolat. – 2025. – № 11. – С. 22–24.