2025-yil, 12-son · 103–111-betlar
Raqamli transformatsiya sharoitida yuridik ta’limni modernizatsiya qilish va legaltech kompetensiyalarini shakllantirish
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuridik ta’limni raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba ham o‘rganilib, ushbu jarayonda qanday muammolar bo‘lishi mumkinligi va bularga yechimlar taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari esa yuridik fakultetlarda AI va LegalTech kurslarini kengaytirish, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali bitiruvchilarda raqamli savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
Abstract
This article analyzes the improvement of legal education under digital transformation, the development of LegalTech competencies, and the organization of practical training. International experiences are also examined, highlighting potential challenges and proposing solutions. The study results demonstrate that expanding AI and LegalTech courses in law faculties and integrating theoretical and practical knowledge can enhance digital literacy skills among graduates.
Iqtibos uchun
Nargizaxon Majidova,. Raqamli transformatsiya sharoitida yuridik ta’limni modernizatsiya qilish va legaltech kompetensiyalarini shakllantirish // Adolat. – 2025. – № 12. – С. 103–111.