2025-yil, 12-son · 117–121-betlar
Sud muhokamasi oshkoraligining qonunchilikdagi ifodasi va uni amalda qo‘llash masalalari
Annotatsiya
Ushbu maqolada sud muhokamasi oshkoraligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, uning milliy qonunchilikdagi ifodasi va amaliyotdagi tatbiqi har tomonlama tahlil qilingan. Sud faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokini yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, shuningdek foto, audio- va videoyozuv lardan foydalanishning huquqiy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, milliy qonunchilik va xalqaro standartlar asosida sud muhokamasi oshkoraligi odil sudlovning adolatli va samarali amalga oshirilishi hamda sud organlariga jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.
Abstract
The article examines the constitutional and legal basis for the openness of court proceedings, its reflection in national legislation, and its practical application. The mechanisms for ensuring openness and transparency in the work of courts, the participation of the public and the media, and the legal aspects of using photo, video, and audio recordings are being disclosed. It is noted that the openness of the judicial process, based on national and international norms, contributes to a fair trial and strengthens public confidence in the judicial system.
Iqtibos uchun
Murodjon Shermatov,. Sud muhokamasi oshkoraligining qonunchilikdagi ifodasi va uni amalda qo‘llash masalalari // Adolat. – 2025. – № 12. – С. 117–121.