2026-yil, 1-son · 95–99-betlar
Zamonaviy sharoitda fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan deb e’lon qilishning xususiyatlari
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan deb e’lon qilish institutining ayrim nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy globallashuv va texnologik rivojlanish sharoitida ushbu institutni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, vafot etgan deb e’lon qilish uchun belgilangan muddatning asoslanganligi, qasddan yashirinish holatlarini aniqlash, “manfaatdor shaxs” tushunchasining mazmuni hamda kreditorlarning protsessual huquqiy maqomi yoritib berilgan. Shuningdek, bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini ishonchli boshqarish mexanizmi, qaytib kelgan fuqaroning mulkiy huquqlarini tiklashdagi qiyinchiliklar va amaldagi qonunchilik normalarining inson huquqlarini samarali himoya qilish prinsipiga muvofiqligi tahlil qilingan. Maqolada fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar bayon etilgan.
Abstract
This article examines certain theoretical and practical issues related to the institution of recognizing a citizen as missing and declaring him or her deceased. In the context of globalization and technological development, the study analyzes the justification of statutory time limits for declaring a person deceased, the identification of cases of deliberate concealment, the content of the concept of an “interested person” and the procedural legal status of creditors. Particular attention is paid to the mechanism of trust management of the missing person’s property and the difficulties in restoring property rights when a citizen declared deceased later returns. The article also assesses the compliance of current civil legislation with the principle of effective protection of human rights. Based on the analysis, scientifically grounded proposals for improving civil legislation are presented.
Iqtibos uchun
Temurali Mamadjonov. Zamonaviy sharoitda fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan deb e’lon qilishning xususiyatlari // Adolat. – 2026. – № 1. – С. 95–99.