2026-yil, 3-son · 17–28-betlar
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni baholash va differensiatsiya qilishning nazariy-huquqiy asoslari
Annotatsiya
Mazkur maqolada yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni baholash va differensiatsiya qilishning nazariy-huquqiy asoslari tadqiq etilgan. Unda mazkur turdagi huquqbuzarliklarning tushunchasi, yuridik tabiati, tasniflash mezonlari hamda ijtimoiy-huquqiy xavflilik darajasini aniqlashga oid ilmiy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, milliy qonunchilikdagi definitsion va tasnifiy bo‘shliqlar ochib berilgan, xususan “yo‘l harakati xavfsizligiga oid huquqbuzarlik”, “yuqori xavfli qoidabuzarlik” va “xavf omili” kabi tushunchalarni normativ jihatdan mustahkamlash zarurati asoslangan. Maqolada Shvesiyaning “Vision Zero”, Norvegiyaning “Safe System” yondashuvi va Yaponiya tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, milliy huquqni qo‘llash amaliyotiga xavf darajasiga asoslangan profilaktika va javobgarlik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan.
Abstract
This article examines the theoretical and legal foundations for the assessment and differentiation of offenses in the field of road traffic safety. It analyzes the concept, legal nature, classification criteria, and scholarly approaches to determining the degree of socio-legal dangerousness of such offenses. The study also identifies definitional and classificatory gaps in national legislation and substantiates the need to legally formalize such categories as “road traffic safety offense,” “high-risk violation,” and “risk factor.” The article further provides a comparative analysis of Sweden’s “Vision Zero” concept, Norway’s “Safe System” approach, and Japanese practice, and advances scientifically grounded proposals for introducing danger-based prevention and liability mechanisms into national legal practice.
Iqtibos uchun
Zafar Kuvondikov. Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni baholash va differensiatsiya qilishning nazariy-huquqiy asoslari // Adolat. – 2026. – № 3. – С. 17–28.