2026-yil, 3-son · 65–72-betlar
Qo‘riqlanadigan obyektlarning kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalarning zarurati va ahamiyati
Annotatsiya
Mazkur maqolada qo‘riqlanadigan obyektlarning kiberxavfsizligini ta’minlash sohasida fuqarolik-huquqiy shartnomalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot infratuzilmalarining kengayishi sharoitida kiberxavfsizlikni ta’minlash davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarning muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Tadqiqotda kiberxavfsizlik xizmatlarini ko‘rsatish, axborot tizimlarini himoya qilish, ma’lumotlarni saqlash va monitoring qilish bo‘yicha tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalarning huquqiy tabiati, ularning funksiyalari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, qo‘riqlanadigan obyektlarning axborot xavfsizligini ta’minlashda shartnomaviy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari suriladi.
Abstract
This article examines the necessity and significance of civil law contracts in ensuring the cybersecurity of protected objects. In the context of the rapid development of digital technologies and the expansion of information infrastructures, cybersecurity has become an essential area of contractual relations between public authorities and private entities. The study analyzes the legal nature of civil law contracts concluded for the provision of cybersecurity services, protection of information systems, data storage, and monitoring of digital infrastructures. Particular attention is given to the role of contractual mechanisms in strengthening the information security of protected objects. The article also proposes scientific recommendations aimed at improving the legal regulation of cybersecurity relations within the framework of civil law.
Iqtibos uchun
Baxodirxo‘ja Saidov. Qo‘riqlanadigan obyektlarning kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalarning zarurati va ahamiyati // Adolat. – 2026. – № 3. – С. 65–72.