2026-yil, 4-son · 83–89-betlar
Kibermakonda davlat suvereniteti va sun’iy intellektni tartibga solish: xalqaro-huquqiy muammolar va istiqbollar
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada kibermakonda davlat suverenitetini ta’minlash va sun’iy intellektni xalqaro miqyosda tartibga solish bilan bog‘liq dolzarb huquqiy muammolar tahlil etiladi. Maqolada kibermakonning transchegaraviy xususiyati, yurisdiksiya muammolari hamda davlatlarning “raqamli suverenitet”ni ta’minlashga qaratilgan siyosatlari yoritilgan. Shu bilan birga sun’iy intellektning keng qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, jumladan, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik diskriminatsiya va javobgarlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va Yevropa ittifoqi doirasidagi tashabbuslar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida kibermakon va sun’iy intellektni samarali tartibga solish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, yagona huquqiy standartlarni ishlab chiqish va milliy qonunchiliklarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab beriladi.
Abstract
This scientific article analyzes the current legal issues related to ensuring state sovereignty in cyberspace and regulating artificial intelligence at the international level. As a result of the rapid development of digital technologies, the traditional concept of state sovereignty has acquired a new meaning, and its application in cyberspace is becoming more complicated. The article highlights the cross-border nature of cyberspace, jurisdictional issues, and policies of states aimed at ensuring “digital sovereignty”. At the same time, it examines the risks arising from the widespread use of artificial intelligence, including data security, algorithmic discrimination, and liability. Initiatives within international organizations, in particular the United Nations and the European Union, are analyzed.
Iqtibos uchun
Zarina Azizova. Kibermakonda davlat suvereniteti va sun’iy intellektni tartibga solish: xalqaro-huquqiy muammolar va istiqbollar // Adolat. – 2026. – № 4. – С. 83–89.