2026-yil, 5-son · 53–59-betlar
Raqamli iqtisodiyotning yashirin qoidalari: SEP patentlari O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim huquqiy institutlaridan biri hisoblangan standartga muhim patentlar (Standard Essential Patents – SEP) instituti tahlil qilingan. Muallif SEP tushunchasi, uning huquqiy tabiati hamda xalqaro texnologiya standartlarini shakllantirishdagi oʻrnini yoritadi. Shuningdek, FRAND (Fair, Reasonable and Non-Discriminatory) tamoyilining huquqiy ahamiyati, SEP bilan bogʻliq xalqaro sud amaliyoti va raqobat huquqi bilan oʻzaro bogʻliqligi tahlil qilingan. Maqolada Apple–Qualcomm, Huawei v. ZTE kabi xalqaro nizolar misolida SEP tizimining iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati koʻrsatib berilgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston qonunchiligining SEP tizimiga tayyorlik darajasi baholanib, milliy huquqiy tizimga FRAND mexanizmlarini integratsiya qilish hamda mahalliy innovatsion ekotizimni xalqaro standartlashtirish jarayonlariga jalb etish zarurati asoslab berilgan.
Abstract
This article examines Standard Essential Patents (SEPs) as one of the key legal institutions of the digital economy. It analyzes the concept and legal nature of SEPs, as well as their role in the development of international technological standards. Particular attention is given to the FRAND (Fair, Reasonable and Non-Discriminatory) licensing principle, international judicial practice, and the interaction between SEP regulation and competition law. Using major international disputes such as Apple v. Qualcomm and Huawei v. ZTE as examples, the article highlights the economic and geopolitical significance of the SEP system. The study also evaluates the preparedness of Uzbekistan’s legal framework for SEP-related challenges and substantiates the necessity of integrating FRAND mechanisms into national legislation while encouraging local participation in international standardization processes.
Iqtibos uchun
Sevinchbeka Hazratqulova. Raqamli iqtisodiyotning yashirin qoidalari: SEP patentlari O‘zbekiston uchun nimani anglatadi? // Adolat. – 2026. – № 5. – С. 53–59.