2026-yil, 5-son · 109–114-betlar
Xalqaro migratsiya huquqida “migrant” tushunchasining tasnifi va huquqiy maqomi
Annotatsiya
Maqolada xalqaro migratsiya huquqida “migrant” tushunchasining tasnifi va huquqiy maqomi nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif xalqaro huquqda ushbu tushunchaning yagona, yuridik majburiy ta’rifi mavjud emasligi migrantlarning huquqiy himoyasida “himoya bo‘shliqlari”ni yuzaga keltirayotganini asoslaydi. Tadqiqotda “migrant”, “qochoq”, “panoh izlovchi”, “mehnat migranti”, “hujjatlashmagan migrant” va “ekologik migrant” kabi toifalarning o‘zaro farqlari ochib berilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Germaniya va Janubiy Koreya tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, migrantlarni ko‘p mezonli tasniflash zarurati ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, yagona terminologik tizimni shakllantirish, Migratsiya kodeksini ishlab chiqish hamda ekologik migrant maqomini qonunchilikda belgilash b о ‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Abstract
The article provides a theoretical and legal analysis of the classification and legal status of the concept of “migrant” in international migration law. The author argues that the absence of a universally accepted and legally binding definition of this concept in international law creates protection gaps in safeguarding migrants’ rights. The study examines the distinctions between such categories as “migrant”, “refugee”, “asylum seeker”, “labour migrant”, “undocumented migrant” and “environmental migrant”. Particular attention is paid to a comparative analysis of the experience of the European Union, Canada, Germany and the Republic of Korea, which demonstrates the need for a multi-criteria classification of migrants. The article also proposes measures to improve the legal regulation of migration in the Republic of Uzbekistan, including the development of a unified terminological framework, the adoption of a Migration Code and the legal recognition of the status of environmental migrants.
Iqtibos uchun
Ulugbek Muxamedov. Xalqaro migratsiya huquqida “migrant” tushunchasining tasnifi va huquqiy maqomi // Adolat. – 2026. – № 5. – С. 109–114.