2026-yil, 6-son · 58–64-betlar
X. Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza muassasasiga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga muvofiq ekspertiza tayinlashning huquqiy jihatlari
Annotatsiya
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinyapti, qaysiki fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida bir qator islohotlar o‘tkazilib kelinmoqda, shu bilan birga zamonaviy huquqiy davlat qurilishi sharoitida X. Sulaymonova nomidagi davlat sud ekspertiza muassasining roli tobora ortib bormoqda. Sud-ekspertiza faoliyati nafaqat jinoiy ishlarni hamda fuqarolik ishlarni hal qilishda va yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida ekspertiza tayinlashning huquqiy jihatlari tahlil etiladi. Muallif amaldagi normativ-huquqiy bazani, mutaxassis fikrining tuzilishi va uning protsessual daliliy ahamiyatini, ekspert xulosasi va mutaxassis fikri o‘rtasidagi huquqiy farqni ko‘rib chiqadi. Maqolada amaliyotda ko‘p uchraydigan kamchiliklar, savollarning noto‘g‘ri qo‘yilishi, zarur materiallarning to‘liq taqdim etilmasligi, advokat so‘rovlarini qonunchilik talablari bilan cheklash masalalari alohida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida sud ekspertizasi sifatini oshirish, yuridik kadrlarning malakasini yuksaltirish va advokat hamda ekspertlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.
Abstract
In recent years, a number of regulatory legal acts have been adopted in the Republic of Uzbekistan, and several reforms have been implemented regarding the handling of appeals from individuals and legal entities. In this context of building a modern, law-governed state, the role of the Kh. Sulaymonova State Forensic Science Institution is continuously growing. Forensic science activities play a crucial role not only in resolving criminal and civil cases but also in protecting the rights and legitimate interests of legal and natural persons. This article analyzes the legal aspects of commissioning expert examinations based on appeals from legal and natural persons to the Kh. Sulaymonova Republican Center for Forensic Expertise. The author examines the current regulatory and legal framework, the structure and procedural evidentiary significance of a specialist's opinion, and the legal distinction between an expert conclusion and a specialist's opinion. The article specifically analyzes common shortcomings in practice, such as the incorrect formulation of questions, the incomplete submission of necessary materials, and the issue of limiting attorney inquiries by legislative requirements. Based on the research findings, practical proposals are put forward to improve the quality of forensic examinations, enhance the qualifications of legal personnel, and strengthen the collaboration between attorneys and experts.
Iqtibos uchun
Oybek Mansurov. X. Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza muassasasiga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga muvofiq ekspertiza tayinlashning huquqiy jihatlari // Adolat. – 2026. – № 6. – С. 58–64.