2026-yil, 6-son · 86–91-betlar
Sun’iy intellekt tizimlarining huquqiy maqomi: individual, kollektiv va gradient huquq subyektligi konsepsiyalarining qiyosiy tahlili
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt tizimlarining fuqarolik huquqiy maqomini aniqlashga oid zamonaviy nazariy yondashuvlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqolada sun’iy intellektni individual huquq subyektligi konsepsiyasining nazariy zaifliklari, xususan, ong va o‘zini anglash mezonining huquqiy noaniqligi hamda amaliy qo‘llashdagi murakkabliklari ilmiy jihatdan tanqid qilinadi. Tadqiqotda kollektiv huquq subyektligi modeli va yuridik fiksiya asosida sun’iy intellekt tizimlariga huquqiy maqom berish imkoniyatlari alohida e’tibor markazida bo‘lib, ushbu yondashuvning afzalliklari va cheklovlari qiyosiy-huquqiy tahlil asosida yoritiladi. Shuningdek, gradient huquq subyektligi konsepsiyasi zamonaviy huquqiy rivojlanish tendensiyalariga moslashuvchan model sifatida baholanib, unda sun’iy intellekt tizimlariga to‘liq emas, balki funksional zaruriyatdan kelib chiqib cheklangan huquq va majburiyatlar berilishi maqsadga muvofiqligi asoslanadi.
Abstract
Тhis article provides a comprehensive analysis of contemporary theoretical approaches to defining the legal status of artificial intelligence systems. It critically examines the theoretical weaknesses of the concept of individual legal personality of AI, particularly the ambiguity of the criteria of consciousness and self-awareness, as well as the difficulties associated with its practical application. The study places special emphasis on the model of collective legal personality and the possibility of granting legal status to AI systems through the use of legal fiction; the advantages and limitations of this approach are explored through comparative legal analysis. In addition, the concept of gradient legal personality is assessed as a flexible model that corresponds to modern trends in legal development. The article substantiates the expediency of granting AI systems not full legal personality, but a limited set of rights and obligations determined by functional necessity.
Iqtibos uchun
Farxodjon Abdixakimov. Sun’iy intellekt tizimlarining huquqiy maqomi: individual, kollektiv va gradient huquq subyektligi konsepsiyalarining qiyosiy tahlili // Adolat. – 2026. – № 6. – С. 86–91.