2026-yil, 6-son · 159–167-betlar
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qayta ishlash bilan bog‘liq munosabatlarning fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalari
Annotatsiya
Mazkur maqolada yer osti boyliklari, xususan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning fuqarolik huquqi obyektlari sifatidagi huquqiy maqomi tahlil qilingan. Muallif yer qa’ri, foydali qazilmalar, georesurslar hamda mineral xomashyo tushunchalarining o‘zaro nisbatini ilmiy-nazariy va normativ-huquqiy jihatdan o‘rganadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi hamda “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonunlar normalari tahlil qilinib, yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi va amalga oshirilishining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, milliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida yer osti boyliklari hamda foydali qazilmalarning fuqarolik muomalasidagi o‘rni, ularning mustaqil fuqarolik huquqi obyektlari sifatidagi maqomi va huquqiy rejimi yuzasidan mavjud nazariy yondashuvlar tahlil etilgan.
Abstract
This article examines the legal status of subsoil resources, precious metals, and precious stones as objects of civil rights. The study analyzes the theoretical and legal relationship between the concepts of subsoil, mineral resources, georesources, and mineral raw materials. Based on the provisions of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the Civil Code, the Law “On Subsoil,” and the Law “On Precious Metals and Precious Stones,” the article explores the specific features of the emergence and exercise of property rights over subsoil resources. Particular attention is paid to scholarly approaches concerning the recognition of subsoil resources and minerals as objects of civil law and their participation in civil circulation. The author examines both national and foreign legal doctrines regarding the legal regime of mineral resources and the ownership of natural wealth.
Iqtibos uchun
Adolat Settiyeva. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qayta ishlash bilan bog‘liq munosabatlarning fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalari // Adolat. – 2026. – № 6. – С. 159–167.