2026-yil, 7-son · 64–72-betlar
Jazoni almashtirish institutining huquqiy mohiyati va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari
Annotatsiya
Mazkur maqolada jazoni almashtirish institutining jinoyat-huquqiy tabiati, uning jazo tayinlash va jazo ijrosi institutlari bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda amaliyotda qo‘llash jarayonida yuzaga kelayotgan nazariy va huquqiy muammolar tahlil qilingan. Xususan, homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolalari mavjud ayollarga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandan keyin, jazoni o‘tash shartlarini buzish holatlarida jazoni og‘irrog‘i bilan almashtirish masalasining huquqiy tabiati o‘rganilgan. Muallif milliy qonunchilik, sud amaliyoti hamda xalqaro tajribani qiyosiy tahlil qilgan holda amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid ilmiy takliflarni ilgari suradi.
Abstract
This article analyzes the criminal law nature of the institution of punishment replacement, its relationship with sentencing and execution of punishment, as well as theoretical and practical problems arising in law enforcement practice. Particular attention is given to the legal nature of replacing punishment with a stricter sanction when pregnant women or women with children under three years of age violate the conditions of serving restriction of liberty sentences. Based on comparative analysis of national legislation, judicial practice and international experience, the author proposes recommendations aimed at improving existing legislation.
Iqtibos uchun
Akbarxon A’zamov. Jazoni almashtirish institutining huquqiy mohiyati va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 64–72.