Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 7-son · 73–81-betlar

Davlat xaridi shartnomalarini tuzishda sun’iy intellektdan foydalanish muammolari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat xaridi shartnomalarini tuzish jarayoniga sun’iy intellektni tadbiq qilish fuqarolik-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik va davlat xaridi qonunchiligi tahlili asosida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 259-farmoni va Vazirlar Mahkamasining 865-qarori bilan tasdiqlangan “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi” asosida joriy etilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari kompleks tahlil etilgan. Xususan, davlat xaridi shartnomasini tuzishda sun’iy intellektning ishtiroki, elektron oferta va akseptning huquqiy tabiati, algoritmik qarorlar natijasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik hamda shartnoma erkinligi prinsipining ta'minlanishi masalalari o‘rganilgan. Milliy qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlar aniqlanib, xalqaro standartlar asosida normativ takomillashtirish bo‘yicha muallif takliflari ishlab chiqilgan.

Abstract

This article examines the application of artificial intelligence to the process of concluding public procurement contracts from a civil law perspective. Based on an analysis of the current civil legislation and public procurement legislation of the Republic of Uzbekistan, including the Strategy for the Improvement and Development of the Public Procurement System for 2025–2027, approved by Presidential Decree No. 259 and Cabinet of Ministers Resolution No. 865, the study provides a comprehensive analysis of the civil law implications of introducing artificial intelligence technologies into the public procurement system. In particular, it explores the role of artificial intelligence in the conclusion of public procurement contracts, the legal nature of electronic offers and acceptances, issues of civil liability arising from algorithmic decision-making, and the safeguarding of the principle of freedom of contract. The article identifies legal gaps in the national legislation and proposes the author's recommendations for improving the regulatory framework in accordance with international standards.

Iqtibos uchun

Feruza Samandarova. Davlat xaridi shartnomalarini tuzishda sun’iy intellektdan foydalanish muammolari // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 73–81.