2026-yil, 7-son · 124–129-betlar
Tergov harakatlari davrida ekologik obyektlar va yashil hududlarga yetkazilgan zararni qoplashning oʻziga xos xususiyatlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov organlari tomonidan tintuv, olib qo‘yish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, mol-mulkni xatlash kabi tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida ekologik obyektlar, yashil hududlar va dov-daraxtlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashning huquqiy muammolari tadqiq etiladi. Shuningdek, tergov organlarining qonuniy yoki qonunga xilof harakatlari oqibatida tabiatga yetkazilgan zararni davlat tomonidan qoplashning fuqarolik-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada Fuqarolik kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda ekologik qonunchilik normalari o‘rtasidagi tafovutlar yoritilib, ushbu sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
Abstract
This article examines the legal issues of compensating for damage that may be caused to environmental objects, green spaces, and trees during investigative actions carried out by investigative bodies, such as search, seizure, inspection of the crime scene, and seizure of property. It also analyzes the civil law foundations for the state to compensate for damage caused to nature as a result of the lawful or unlawful actions of investigative bodies. The article highlights the discrepancies between the norms of the Civil Code, the Criminal Procedure Code, and environmental legislation, and puts forward proposals aimed at eliminating legal gaps in this field.
Iqtibos uchun
Gulbahor Tursunaliyeva. Tergov harakatlari davrida ekologik obyektlar va yashil hududlarga yetkazilgan zararni qoplashning oʻziga xos xususiyatlari // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 124–129.