2026-yil, 7-son · 1–6-betlar
Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar ishtirokini raqamlashtirish istiqbollari
Annotatsiya
Ushbu maqolada odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar – ekspertlar va mutaxassislar, tarjimonlar, guvohlar va boshqa protsessual ishtirokchilarning sud jarayonidagi rolini raqamlashtirish istiqbollari tahlil qilinadi. Sud-huquq tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali sud jarayonlarining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, masofaviy ishtirok, elektron hujjat aylanishi, videokonferensiya tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi natijasida yordamchi shaxslarning sud jarayonidagi ishtiroki yangi bosqichga ko‘tarilishi asoslab berilgan. Maqolada raqamlashtirish bilan bog‘liq muammolar, jumladan, raqamli tenglik, axborot xavfsizligi va protsessual kafolatlarni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Abstract
This article analyzes the prospects for digitalizing the role of persons assisting in the administration of justice - experts and specialists, interpreters, witnesses, and other procedural participants in the judicial process. The possibilities of increasing the transparency, speed and efficiency of judicial processes through the introduction of modern information and communication technologies into the judicial system are highlighted. It is also substantiated that as a result of the use of remote participation, electronic document management, video conferencing systems, and artificial intelligence technologies, the participation of auxiliary persons in the judicial process will reach a new level. The article also examines issues related to digitalization, including ensuring digital equality, information security, and procedural guarantees.
Iqtibos uchun
Rayxon Ibragimova. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar ishtirokini raqamlashtirish istiqbollari // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 1–6.