Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 7-son · 7–13-betlar

Tijorat siri bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi va sud amaliyoti tahlili

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida tijorat sirini huquqiy muhofaza qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari va ularning sud amaliyotida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. "Tijorat siri to‘g‘risida"gi Qonun, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi va "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonun normalarining o‘zaro nisbati tanqidiy o‘rganiladi, tijorat siri rejimini o‘rnatish, buzilgan huquqlarni tiklash va zararni qoplash bilan bog‘liq amaliy muammolar yoritiladi. Fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoiy javobgarlik mexanizmlari doirasida shakllanayotgan sud amaliyotining asosiy yo‘nalishlari, isbotlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar, shuningdek, e’lon qilingan sud amaliyotining cheklanganligi masalalari ko‘rib chiqiladi. TRIPS bitimi va Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida qiyosiy tahlil qilinib, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

Abstract

This article analyzes the regulatory framework for the legal protection of trade secrets in the Republic of Uzbekistan and its application in judicial practice. The relationship between the norms of the Law "On Commercial Secrets," the Civil Code, the Criminal Code, the Labor Code, and the Law "On Competition" will be critically studied, and practical problems related to establishing the commercial secret regime, restoring violated rights, and recovering damages will be highlighted. The main directions of judicial practice emerging within the framework of civil, labor, administrative, and criminal liability mechanisms, difficulties associated with proof, and the limitations of published judicial practice will be considered. Based on the TRIPS Agreement and the European Union's experience, a comparative analysis will be conducted, and proposals will be put forward to improve national legislation and law enforcement practice.

Iqtibos uchun

Oybek Abdullayev. Tijorat siri bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi va sud amaliyoti tahlili // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 7–13.