2026-yil, 6-son · 50–59-betlar
FATF tavsiyalarini O‘zbekiston huquq tizimiga implementatsiya qilishning ma‘muriy-huquqiy mexanizmlari
Annotatsiya
Maqolada FATF hujjatlarining huquqiy tabiati va ularni O‘zbekiston huquq tizimiga joriy etishning ma’muriy-huquqiy mexanizmlari tahlil qilingan. FATF standartlari davlat siyosati va xalqaro baholash mezoni bo‘lsa-da, jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun majburiyatlar faqat tegishli talablar milliy normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangandan keyin yuzaga kelishi asoslangan. Normativ va institutsional implementatsiya ma’muriy-protsessual amalga oshirish hamda samaradorlikni baholashdan farqlangan. Yevroosiyo guruhi hisobotlari asosida milliy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Abstract
The article examines the legal nature of FATF documents and the administrative and legal mechanisms for their implementation in Uzbekistan. It argues that FATF standards guide public policy and serve as benchmarks for international assessment, while obligations for natural and legal persons arise only after the relevant requirements have been incorporated into national legislation. Normative and institutional implementation is distinguished from administrative-procedural application and effectiveness assessment. Drawing on Eurasian Group reports, the article formulates practical proposals for improving the national mechanism.
Iqtibos uchun
Fayzulla Mirzayev. FATF tavsiyalarini O‘zbekiston huquq tizimiga implementatsiya qilishning ma‘muriy-huquqiy mexanizmlari // Adolat. – 2026. – № 6. – С. 50–59.