Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 8-son · 26–35-betlar

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha nazariy yondashuvlar tahlili

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida inson huquqlarini taʼminlash muammosi nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy yuridik fan va xalqaro amaliyotda shakllangan beshta asosiy ilmiy yondashuvni: meʼyoriy-kafolatli, maʼmuriy-protsessual, insonga yoʻnaltirilgan xizmat koʻrsatish, inson huquqlariga asoslangan hamda raqamli-axborot-huquqiy yondashuvlarni qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqotda har bir yondashuvning nazariy asoslari, uni rivojlantirgan olimlarning ilmiy qarashlari hamda ularning davlat xizmatlari sohasidagi amaliy ahamiyati koʻrib chiqiladi. Maqolada shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi milliy tajribasi ham tahlil qilinadi. Muallif davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson huquqlarini taʼminlashning kompleks, koʻp qatlamli tushuncha ekanligini asoslab, unga oid taʼrifini taklif etadi.

Abstract

This article provides a theoretical and legal analysis of the problem of ensuring human rights in the process of public service delivery. The author conducts a comparative analysis of five major scientific approaches that have emerged in contemporary legal scholarship and international practice: the normative-guarantee approach, the administrative-procedural approach, the human-centered service approach, the human rights-based approach, and the digital and information-legal approach. The study examines the theoretical foundations of each approach, the scholarly views of the researchers who developed them, and their practical significance for the sphere of public services. The article also analyzes the national experience of the Republic of Uzbekistan in this field. The author substantiates the complex, multi-layered nature of the concept of ensuring human rights in public service delivery and proposes an original definition of this category.

Iqtibos uchun

Dilfuza Xabibullayeva. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha nazariy yondashuvlar tahlili // Adolat. – 2026. – № 8. – С. 26–35.