Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 8-son · 50–55-betlar

Raqamli texnologiyalar sharoitida sud xarajatlarini hisoblash va to‘lash tizimini optimallashtirish masalalari

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar sharoitida sud xarajatlarini (davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarni) hisoblash hamda to‘lash tizimini optimallashtirishning nazariy-huquqiy va amaliy masalalari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezident tomonidan ilgari surilgan “ Raqamli sud ” konsepsiyasi doirasidagi vazifalar tahlil qilingan. Milliy qonunchilik normalari, Oliy sudning elektron to‘lov tizimi (billing.sud.uz) va interaktiv xizmatlar portali faoliyati, shuningdek, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Estoniya va Xitoy tajribasi qiyosiy-huquqiy usulda o‘rganilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida raqamlashtirishning iqtisodiy samarasi ko‘rsatilgan hamda sud xarajatlarini avtomatik hisoblash, sun’iy intellekt asosida xarajatlarni prognozlash, ortiqcha to‘langan bojni avtomatik qaytarish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Abstract

This article examines the theoretical, legal and practical issues of optimizing the system for calculating and paying court costs (state fees and litigation expenses) in the context of digital technologies. It analyzes the state policy of the Republic of Uzbekistan on digitalization of the judicial system, in particular the tasks set by the President within the “ Digital Court ” concept. Using the comparative legal method, the article studies national legislation, the operation of the Supreme Court’s electronic payment system (billing.sud.uz), as well as the experience of South Korea, Kazakhstan, the United Kingdom, Estonia and China. Based on official statistics, the economic effect of digitalization is demonstrated, and scientifically grounded proposals are developed for introducing automatic calculation of court costs, AI-based cost forecasting, and automatic refund of overpaid fees.

Iqtibos uchun

Nargiza Sulaymonova. Raqamli texnologiyalar sharoitida sud xarajatlarini hisoblash va to‘lash tizimini optimallashtirish masalalari // Adolat. – 2026. – № 8. – С. 50–55.