Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 8-son · 56–63-betlar

Voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishning oʻziga xos xususiyatlari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishning oʻziga xos xususiyatlari milliy va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi asosida tahlil qilingan va bu borada nafaqat huquqshunos olimlar, balki psixologlarning ilmiy yondashuvlariga ham murojaat qilingan. Maqolada voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishning oʻziga xos xususiyatlari sifatida psixologik aloqa oʻrnatish va tergov taktikasi usullaridan foydalanish kabi masalalar yoritib berilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarni ishlarini yuritishga oid xalqaro huquqiy hujjatlardagi qoidalar va ayrim xorijiy mamlаkatlar tajribasi oʻrganilgan boʻlib, oʻrganishlar natijasiga koʻra taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Abstract

This article analyzes the specific features of interviewing minors on the basis of national and foreign legislation, and also refers to the scientific approaches of not only legal scholars but also psychologists in this field. The article highlights such specific aspects of interviewing minors as establishing psychological contact and applying methods of investigative tactics. In addition, the provisions of international legal documents concerning juvenile proceedings and the experience of certain foreign countries were studied, and based on the results of the study, relevant proposals and recommendations were presented.

Iqtibos uchun

Saxodulla Shomirzayev. Voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishning oʻziga xos xususiyatlari // Adolat. – 2026. – № 8. – С. 56–63.