2026-yil, 8-son · 82–91-betlar
“Yashil shahar” konsepsiyasining huquqiy asoslari: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba qiyosiy tahlili
Annotatsiya
Mazkur maqolada “yashil shahar” konsepsiyasining huquqiy asoslari, uning milliy qonunchilikda aks etishi hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ekologiya sohasidagi qonunlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar oʻrganilib, ularning “yashil shahar” konsepsiyasini huquqiy taʼminlashdagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, Yevropa ittifoqi, Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Qozogʻiston kabi davlatlarning yashil shaharsozlik sohasidagi qonunchilik tajribasi tahlil etilib, milliy huquqiy tizimga implementatsiya qilish mumkin boʻlgan ilgʻor yondashuvlar aniqlangan. Tadqiqot natijasida milliy qonunchilikda “yashil shahar” tushunchasining qonuniy taʼrifi mavjud emasligi, sohaga oid normalarning tarqoqligi va institutsional mexanizmlarning takomillashmaganligi kabi muammolar aniqlanib, “Yashil shaharlar toʻgʻrisida”gi maxsus qonun qabul qilish, shaharsozlik va ekologiya qonunchiligini oʻzaro uygʻunlashtirish hamda yashil hududlarning minimal meʼyorlarini qonun darajasida belgilash yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Abstract
This article provides a comparative-legal analysis of the legal foundations of the “ green city ” concept, its reflection in national legislation, and the experience of developed foreign countries. The study examines the Constitution of the Republic of Uzbekistan, ecological legislation, the “ Yashil makon ” (Green Space) nationwide project, and other regulatory legal acts, highlighting their role in providing legal support for the “ green city ” concept. Furthermore, it analyzes the legislation and experience of the European Union, Germany, Singapore, the Republic of Korea, and Kazakhstan in green urban planning, identifying advanced approaches that can be implemented into the national legal system. As a result of the research, gaps such as the lack of a legal definition for the term “ green city ” in national legislation, the fragmentation of relevant regulations, and underdeveloped institutional mechanisms were identified. Consequently, scientifically grounded proposals have been developed, including the adoption of a specific Law “ On Green Cities ” , the harmonization of urban planning and environmental legislation, and the statutory establishment of minimum standards for green areas.
Iqtibos uchun
Ermamat Normatov. “Yashil shahar” konsepsiyasining huquqiy asoslari: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba qiyosiy tahlili // Adolat. – 2026. – № 8. – С. 82–91.