Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 8-son · 102–112-betlar

Jinoyat protsessida davlat sud-ekspertiza muassasasining huquqiy maqomi va ekspert xulosasi mustaqilligini ta’minlash muammolari

PDF

Annotatsiya

Maqolada davlat sud-ekspertiza muassasalarining jinoyat protsessidagi huquqiy maqomi, ekspert faoliyatining protsessual mustaqilligi hamda ekspert xulosasining daliliy ahamiyati tahlil qilingan. Sud ekspertlarining huquq va majburiyatlari, ekspert xulosasini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida muassasa rahbariyatining o‘rni, shuningdek, ko‘p bosqichli ichki nazorat amaliyotining ekspert mustaqilligiga ta’siri yoritilgan. Amaliyotda xulosalarni tekshirish jarayonining mazmuniy aralashuvga aylanishi ekspertning shaxsiy javobgarligi va xulosaning xolisligiga, shuningdek, protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Maqolada mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida ichki ko‘rib chiqish chegaralarini qonunchilikda aniq belgilash, rahbariyat nazoratini tashkiliy-uslubiy masalalar bilan cheklash, ekspert mustaqilligini kafolatlash hamda ekspert xulosasini ortiqcha ma’muriy bosqichlarsiz sud-tergov organlariga yuborish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Abstract

The article analyzes the legal status of state forensic expert institutions in criminal proceedings, the procedural independence of expert activities, and the evidentiary value of expert opinions. It examines the rights and duties of forensic experts, the role of institutional management in the preparation and formalization of expert opinions, as well as the impact of multi-stage internal review practices on expert independence. The article substantiates that, in practice, the review of expert opinions may turn into substantive interference, which can adversely affect the expert’s personal responsibility and the objectivity of the opinion, as well as the time limits for conducting procedural actions. To address these issues, the article proposes clearly defining the scope of internal review by legislation, limiting managerial oversight to organizational and methodological matters, ensuring guarantees of expert independence, and forwarding expert opinions to judicial and investigative authorities without unnecessary administrative stages.

Iqtibos uchun

Oybek Mansurov. Jinoyat protsessida davlat sud-ekspertiza muassasasining huquqiy maqomi va ekspert xulosasi mustaqilligini ta’minlash muammolari // Adolat. – 2026. – № 8. – С. 102–112.