Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 9-son · 31–36-betlar

Fuqarolarning ekologik axborotga erkin kirish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada fuqarolarning qulay atrof-muhitga va uning holati toʻgʻrisida ishonchli ekologik axborotga ega boʻlish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Ekologik axborotga erkin kirish mustaqil konstitutsiyaviy huquq, ekologik qarorlar qabul qilinishida jamoatchilik ishtiroki va sud-huquqiy himoyadan foydalanishning zarur sharti sifatida yoritiladi. Oʻzbekistonning 2025-yilda Orxus konvensiyasiga qoʻshilgani hisobga olinib, milliy qonunchilik, xalqaro standartlar va xorijiy tajriba qiyosiy-huquqiy usulda oʻrganiladi. Natijada ekologik axborot huquqini amalga oshirishning oltita mezoni hamda qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar asoslantiriladi.

Abstract

This article examines the constitutional and legal foundations of citizensʼ right to a favorable environment and reliable information about its condition. Free access to environmental information is treated as an autonomous constitutional right and as a prerequisite for meaningful public participation in environmentally significant decision-making and access to judicial remedies. Taking Uzbekistanʼs accession to the Aarhus Convention in 2025 into account, the article uses comparative legal analysis to examine national legislation, international standards, and foreign experience. It substantiates six criteria for implementing the right to environmental information and offers proposals for improving legislation and administrative and judicial practice.

Iqtibos uchun

Dildona Nodirbekova. Fuqarolarning ekologik axborotga erkin kirish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 31–36.