Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 9-son · 42–55-betlar

Odam savdosiga ko‘maklashish va uni yashirish uchun javobgarlik: milliy va xorijiy qonunchilik tahlili

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada odam savdosiga ko‘maklashish va uni yashirish uchun jinoiy javobgarlikning nazariy-huquqiy hamda amaliy masalalari milliy va xorijiy qonunchilik asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda odam savdosi jinoyatini sodir etishda bevosita ishtirok etmagan, biroq uning sodir etilishiga yordam bergan, jinoyat izlarini yashirgan yoki jinoyatchilarning javobgarlikdan qutulishiga ko‘maklashgan shaxslarning javobgarligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligidagi mavjud normalar, ularning mazmuni va huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy davlatlar qonunchiligida odam savdosiga sheriklik, ko‘maklashish va jinoyatni yashirish uchun javobgarlikni belgilashning o‘ziga xos yondashuvlari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida mazkur qilmishlarni odam savdosi jinoyatidan hamda boshqa turdosh jinoyatlardan to‘g‘ri farqlash, aybdor shaxslarning jinoiy javobgarligini individuallashtirish va javobgarlik chegaralarini aniq belgilash masalalariga e’tibor beriladi. Tahlil natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirish, odam savdosiga ko‘maklashuvchi va uni yashiruvchi shaxslarning qilmishlarini aniq kvalifikatsiya qilish hamda bunday jinoyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot xulosalari odam savdosiga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy mexanizmlarini kuchaytirish, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ko‘maklashishning shakllari, qasddan yashirishning mezonlari va bunday harakatlarning asosiy jinoyat bilan o‘zaro bog‘liqligini qonun darajasida aniq belgilash zarurligi asoslanadi. Shu asosda jinoyat-huquqiy siyosatning takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi. Mazkur takliflar javobgarlikning muqarrarligi va adolatliligi tamoyillarini ta’minlashga qaratiladi.

Abstract

This article provides a comparative legal analysis of the theoretical, legal, and practical aspects of criminal liability for aiding and concealing human trafficking based on national and foreign legislation. Particular attention is paid to the liability of persons who do not directly commit human trafficking but facilitate its commission, conceal traces of the crime, or assist perpetrators in evading criminal liability. The article examines the existing provisions of the criminal legislation of the Republic of Uzbekistan, their content, and certain problems arising in law enforcement practice. In addition, the specific approaches adopted in foreign legislation to establishing liability for complicity in, assistance with, and concealment of human trafficking are analyzed. The study focuses on the proper distinction between such acts and the crime of human trafficking, as well as other related offenses, the individualization of criminal liability, and the determination of the limits of such liability. Based on the analysis, scientific and practical proposals are developed to improve national legislation, ensure the proper legal qualification of acts committed by persons who facilitate or conceal human trafficking, and increase the effectiveness of preventing such crimes. The findings contribute to strengthening criminal law mechanisms for combating human trafficking, harmonizing international standards with national legislation, and establishing a unified approach in law enforcement practice. The article substantiates the need to clearly define forms of assistance, criteria for intentional concealment, and the relationship between such acts and the principal offense. On this basis, directions for improving criminal law policy are proposed to ensure the principles of inevitability and fairness of criminal liability.

Iqtibos uchun

Zarnigor Jumaniyozova. Odam savdosiga ko‘maklashish va uni yashirish uchun javobgarlik: milliy va xorijiy qonunchilik tahlili // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 42–55.