Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 9-son · 84–88-betlar

Islomiy moliya kengashlari va islom moliyasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda ularning ahamiyati

PDF

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda islomiy moliya institutlarining huquqiy asoslari, xususan, Markaziy bankning islomiy moliya kengashi hamda banklarning islomiy moliya kengashlari vakolatlari tahlil qilingan. Islom moliyasi munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni fuqarolik va iqtisodiy sudlarda koʻrib chiqishda mazkur kengashlarning ekspertlik va xulosa berish vakolatlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, nizoni sudga qadar hal etish tartibida islomiy moliya kengashi xulosasining oʻrni, kengash aʼzolarining sudda mutaxassis sifatida ishtirok etishi hamda islom moliyasi asosidagi majburiyatlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarida ularning ishtirokiga oid takliflar ilgari surilgan. Muallif islomiy moliya kengashlarining nizolarni hal etish jarayonidagi ishtirokini takomillashtirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni joriy etish zarurligini asoslaydi.

Abstract

This article analyzes the legal framework governing Islamic finance institutions in Uzbekistan, with particular emphasis on the powers of the Islamic Finance Council of the Central Bank and Islamic Finance Councils of banks. It examines the use of the councils’ powers to provide opinions and expert explanations in the resolution of disputes arising from Islamic finance relations before civil and economic courts. Particular attention is given to the role of Islamic Finance Council opinions in pre-trial dispute resolution, the participation of council members as specialists in court proceedings, and their involvement in insolvency proceedings concerning debtors whose obligations arise from Islamic financing. The article substantiates the need to improve legal mechanisms for the participation of Islamic Finance Councils in dispute resolution and to ensure that financial claims arising from Islamic finance transactions comply with the principles and standards of Islamic finance.

Iqtibos uchun

Mirkomil Mirmaqsudov. Islomiy moliya kengashlari va islom moliyasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda ularning ahamiyati // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 84–88.