2026-yil, 9-son · 89–97-betlar
Ma’muriy sud ishlarini yuritishda jamoaviy ariza institutini joriy etish masalalari
Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’muriy sud ishlarini yuritishda jamoaviy ariza (Class action) institutini joriy etishning huquqiy va protsessual jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda jamoaviy ariza tushunchasi va mohiyati, manfaatdor shaxslar doirasini belgilash mezonlari, arizachilar sonini belgilash, javobgarlar doirasini aniqlash, arizani berish va ko‘rib chiqish tartibi hamda uning huquqiy oqibatlari yoritilgan. Jamoaviy ariza bilan bog‘liq qabul qilinadigan sud hujjatlari tahlil qilingan. Xususan dastlabki eshituvda ushbu turdagi arizalarni berishdagi ahamiyati ko‘rsatilib, jamoaviy arizalarning o‘ziga xos jihatlariga urg‘u berilib, arizachilarning huquq va majburiyatlari aniqlashtirilgan, shuningdek milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy davlatlar AQSH va Rossiya tajribasi o‘rganilib, ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksiga yangi norma kiritish bo‘yicha muallif tomonidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Abstract
This article analyzes the legal and procedural aspects of implementing the institution of class action in administrative litigation. The study highlights the concept and essence of a collective application, the criteria for determining the circle of interested parties, determining the number of applicants, the circle of defendants, the procedure for filing and reviewing an application, and its legal consequences. The judicial acts adopted in connection with the collective application were analyzed. Specifically, at the preliminary hearing, the importance of filing this type of application was noted, the specifics of collective applications were emphasized, the rights and obligations of applicants were clarified, and for the purpose of improving national legislation, the experience of advanced foreign countries such as the USA and Russia was studied, and proposals and recommendations were developed by the author to introduce a new norm into the Code of Administrative Court Proceedings.
Iqtibos uchun
Sitora Sadriddinzoda. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda jamoaviy ariza institutini joriy etish masalalari // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 89–97.