Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 9-son · 144–151-betlar

Mahkumlarni topshirish bo‘yicha universal xalqaro-huquqiy rejim: holati va takomillashtirish yo‘llari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada mahkumlarni topshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikning universal huquqiy rejimi tadqiq etilgan. Tadqiqot predmeti BMT tizimidagi namunaviy shartnomalar, konvensiyalar va INTERPOLning koordinatsion faoliyatidan iborat. Mavzuning dolzarbligi mazkur sohada yagona kodifikatsiyalashgan xalqaro hujjat mavjud emasligi bilan belgilanadi. Tadqiqot metodologiyasi tarixiy-huquqiy va qiyosiy-huquqiy tahlil usullariga asoslangan. Natijada aniqlandiki, “Chet ellik mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi” namunaviy shartnoma asosiy yo‘naltiruvchi hujjat bo‘lsa-da, u majburiy kuchga ega emas va protsessual masalalarni to‘liq qamrab olmaydi. INTERPOL esa muhim koordinatsion vazifani bajaradi. Natijalar xalqaro-huquqiy tizimni takomillashtirishda, shuningdek milliy qonunchilikka Nelson Mandela qoidalarini to‘liq joriy etishda qo‘llanilishi mumkin.

Abstract

This article examines the universal international legal regime governing cooperation in the transfer of sentenced persons. The subject of the research encompasses UN model treaties, conventions, and the coordinating activities of INTERPOL. The relevance of the topic is determined by the absence of a single codified international instrument in this field. The research methodology is based on historical-legal and comparative-legal analysis methods. The findings reveal that although the Model Agreement on the Transfer of Foreign Prisoners serves as the primary guiding instrument, it lacks binding legal force and does not fully address procedural matters. INTERPOL, despite lacking formal legal authority, performs an essential coordinating function in practice. The results may be applied in improving the international legal system and in fully incorporating the Nelson Mandela Rules into national legislation.

Iqtibos uchun

Olim Saidov. Mahkumlarni topshirish bo‘yicha universal xalqaro-huquqiy rejim: holati va takomillashtirish yo‘llari // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 144–151.